So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qirg‘iziston prezidenti Tojikiston bilan mojarodan keyin chegaraga bordi

    06.05.2021, 22:56 28985

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz—tojik mojarosidan keyin mamlakatning Tojikiston bilan chegaradosh mintaqasiga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: “Live.kg”

    Foto: “Live.kg”

    “Japarov ish safari bilan Botken viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari yaqinda davlat chegarasining qirg‘iz—tojik qismida sodir bo‘lgan voqealardan zarar ko‘rgan qishloqlarga tashrif buyuradi va mahalliy aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.

    Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tojikiston bilan chegaradagi qurolli to‘qnashuv natijasida Qirg‘izistonda 220 ta uy va obyekt vayron bo‘lganini ma’lum qildi.

    “Favqulodda vaziyatlar vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 136 ta uy va 84 ta obyekt buzilgan: ulardan bittasi maktab, bitta feldsher-akusherlik punkti, bitta bolalar bog‘chasi, bitta tibbiy markaz, bitta stomatologiya, ikkita dorixona, bitta kutubxona, 27 ta gaz stansiyasi, 34 ta do‘kon, 3 ta oshxona, 3 ta restoran, shuningdek, hukumatga tegishi 7 ta bino”, — deyiladi vazirlikning matbuot xizmati xabarida.

    Mavzuga doir: Yonib ketgan uylar, do‘konlar va maktab. Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradagi vayron bo‘lgan qishlog‘i — suratlarda

    “Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus komissiyasi moddiy zararni aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati.

    Avvalroq Tojikiston bilan chegaradagi mojaro paytida Qirg‘iziston qishloqlarida 78 ta uy zarar ko‘rgani ma’lum bo‘lgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Botken viloyatiga 972 tonna gumanitar yordam yetkazib berildi.

    Asia-Plus xabariga ko‘ra, Tojikiston mojaroda 19 nafar tojikistonlik halok bo‘lganini rasman tasdiqlamoqda. Qayd etilishicha, So‘g‘d viloyati ma’muriyati 19 kishining halok bo‘lgani va 87 kishi jarohat olganini tasdiqladi va ularga yordam ko‘rsatildi.

    “19 nafar qurbon va 87 nafar jarohatlanganlarning oilalariga yordam berish uchun 3 million somoniy (265 ming dollar) jo‘natildi”, — deb xabar qildi So‘g‘d viloyati raisi matbuot xizmati.

    Ta’kidlanishicha, 5-may kuni prezident Emomali Rahmon nomidan So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda va Tojikiston chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Rahmonzoda chegara mojarosida halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlari uyiga tashrif buyurdi. Ular qurbonlarning har birining oilasiga hamdardlik bildirdi va 70 ming somoniy (6,2 ming dollar) miqdorida yordam ko‘rsatdi.

    Halok bo‘lgan fuqarolarning qahramonligi hech qachon unutilmasligi va ularning Vatanni himoya qilish yo‘lida o‘z jonini ayamagani tarix sahifalarida abadiy qolishi ta’kidlandi.

    Avvalroq Tojikiston va Qirg‘izistonning davlat chegarasini aniqlash va belgilash bo‘yicha hukumat delegatsiyalari qo‘shma yig‘ilishidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatni hal qilish uchun ko‘riladigan choralar e’lon qilingan edi.

    Xususan, tomonlar chegara chizig‘ining ayrim uchastkalarini tavsiflash uchun 1924—1927-yillardagi milliy-hududiy chegaralash va 1989-yilgi yaxlitlik komissiyasining hujjatlari va materiallaridan foydalanishga kelishib oldi. Topografik ishchi guruhlarga 2021-yil 5-maydan 9-maygacha ushbu uchastkalarda tojik—qirg‘iz chegarasining loyiha chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.

    Shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini davlat chegarasidan olib chiqib ketishni yakunlagani, shuningdek, nizo chog‘ida garovga olingan o‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonda asirlikdan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Kecha, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Kecha, 22:10

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?