“Kapitalbank” ATBning korporativ mijozlari endi xitoylik, yaponiya va qozog‘istonlik hamkorlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni ushbu mamlakatlarning milliy valyutasida amalga oshirishlari mumkin.
Avvalroq, “Kapitalbank” ATB AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli, Britaniya funti va Shveysariya frankida konvertatsiya hamda to‘lovlarni amalga oshirayotgan edi. Endilikda bank tashqi savdo shartnomalari uchun Xitoy yuanida, yapon iyenasida va qozoq tengesida bevosita konvertatsiya qilish hamda to‘lovlarni amalga oshirishni boshladi. Bu import qilinadigan mahsulotlar tannarxini sezilarli darajada pasaytirishga va biznes geografiyasini kengaytirishga imkon yaratadi.
“Biz yuan, iyena va tenge valyutalarini qo‘shib, xorijiy valyutalar sonini sakkiztaga yetkazdik. Ushbu mamlakatlardagi hamkorlari bilan ishlaydigan ko‘plab mahalliy tadbirkorlar ikki marotaba konvertatsiya qilish uchun ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirishga, soliqlar solinishida foizlar yo‘qotishga, xorijiy kompaniyalar xalqaro valyutada to‘lovni qabul qilishdan bosh tortsa, vositachilar topishga majbur bo‘lar edilar. Amalda, ba’zan ortiqcha to‘lov 10-15 foizga yetardi. Bu omillarning barchasi import mahsulotlarining yakuniy narxiga ta’sir qilar edi ”, — deya tushuntirdi “Kapitalbank” ATB korporativ biznes departamenti direktori Ozod Karimov.
Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha bevosita konvertatsiya va to‘lovlarni quyidagi sakkizta valyutada amalga oshirmoqda:
- AQSh dollari
- yevro
- Rossiya rubli
- Britaniya funti
- Shveysariya franki
- Xitoy yuani
- yapon iyenasi
- qozoq tengesi
Konvertatsiya qilish shartlari haqida quyidagi telefon raqami orqali batafsil ma’lumot olish mumkin: +99878 148 40 08
Reklama huquqi asosida.