Vazirlar Mahkamasining 5-maydagi qarori bilan Timur Allayorov O‘zbekiston transport vazirining logistika va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Timur Allayorov — Xalqaro Vestministr universitetini tamonlagan. Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va boshqa davlat tashkilotlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda Ilhom Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga ma’qullagan edi. 2020-yilning oktabrida Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi. Unga qadar transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)