Jizzax viloyati hokimligi va viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamkorligida, “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sportning kurash va belbog‘li kurash turlari bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, ochiq xotira turniri Zarbdor tumanining markaziy o‘yingohida o‘tkazildi. Mazkur musobaqada barcha viloyatlardan kelgan 400 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi.
Turnirda erkaklar 55, 66, 73, 90, 100 va +100 kilogramm vazn toifalarida, gilamlarda kuch sinashishgan bo‘lsa, barchinoy qizlarimiz 48, 52 va 63 kilogramm vazn toifalarida o‘zaro bellashishdi. Respublikaning turli hududlaridan kelgan malakali hakamlar saralash, yarim final va final bosqichlarini boshqarib bordi.
Mazkur musobaqa 1-may kuni erta tongdan boshlanib, tunga qadar davom etdi. Musobaqa davomida konsert dasturlari va turli xil jangovar chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Bayramona ruhda o‘tkazilgan turnir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, tadbir yakuniga qadar tomoshabinlar sportchilarni baralla olqishlab turdi.
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Shuningdek, kurash bo‘yicha jizzaxlik Imomov Yahyo hamda belbog‘li kurashdan Ahadjonov Nodir polvonlar musobaqaning mutlaq g‘oliblari deb topilib, har biriga Damas avtomobili tantanali ravishda sovg‘a qilindi.
Milliy kurash natijalari (erkaklar o‘rtasida):
60 kilogramm vaznda
1-o‘rin Mamasidiqov Arabboy (Jizzax)
2-o‘rin Hamroyev Abdurazzoq (Buxoro)
3-o‘rin Saidqulov Sanjar (Jizzax) va G‘afforov Jahongir (Jizzax)
66 kilogramm vaznda
1-o‘rin Bo‘riyev Dilshod (Jizzax)
2-o‘rin Muhammadjonov Mirzohid (Namangan)
3-o‘rin Toshtemirov Sardor (Jizzax) hamda Zoirov Chori (Buxoro)
73 kilogramm vaznda
1-o‘rin Jumayev Muhammad (Navoiy)
2-o‘rin Boqiyev Elshod (Toshkent viloyati)
3-o‘rin Xoliqulov Doston (Sirdaryo) hamda Berdishukurov Sarvar (Toshkent shahri)
81 kilogramm vaznda
1-o‘rin Muhammadiyev Sardor (Jizzax)
2-o‘rin Norqo‘ziyev Salohiddin(Jizzax)
3-o‘rin To‘xmonov Abbos (Jizzax) va Hayitmurodov Islom (Jizzax)
100 kilogramm vaznda
1-o‘rin Toymurodov Avaz (Jizzax)
2-o‘rin Imomov Yahyo (Jizzax)
3-o‘rin Qozoqov Erkin (Toshkent viloyati) va Qozoqov Jonibek (Samarqand)
+100 kilogramm vaznda
1-o‘rin Jo‘rayev Sherali (Qashqadaryo)
2-o‘rin Usmonov Shohruh (Jizzax)
3-o‘rin Xuseinov Husniddin (Jizzax) va To‘rayev Hayitbek (Surxondaryo)
Milliy kurash natijalari (qizlar o‘rtasida):
48 kilogramm vaznda
1-o‘rin Hayitboyeva Zuhra (Jizzax)
2-o‘rin Saidqulova Zarnigor (Jizzax)
3-o‘rin A. Abdurahmonova, Isroilova Sevinch (Jizzax)
52 kilogramm vaznda
1-o‘rin Musayeva Fotima (Jizzax)
2-o‘rin Hayitboyeva Fotima (Jizzax)
3-o‘rin Halilova Nodira, Amanova Mahliyo (Jizzax)
63 kilogramm vaznda
1-o‘rin Isoqova Sevinch (Jizzax)
2-o‘rin Bochkova Dispina (Jizzax)
3-o‘rin Toshtemirova O‘g‘iloy va Parmanova Valiya (Jizzax)
Milliy kurash bo‘yicha mutlaq g‘oliblar:
Imomov Yahyo (Jizzax)
Jo‘rayev Sherali (Qashqadaryo)
Eshmirzayev Husniddin (Toshkent viloyati)
Qozoqov Erkin (Toshkent viloyati)
Belbog‘li kurash musobaqasi natijalari:
55 kilogramm vaznda
1-o‘rin Mo‘ydinov Diyorxo‘ja (Farg‘ona)
2-o‘rin Azimov Husan
3-o‘rin O‘rolov Doniyor (Jizzax) va Ne’matullayev Jamoliddin (Namangan)
66 kilogramm vaznda
1-o‘rin Sultonov Oybek (Andijon)
2-o‘rin Yo‘ldoshev Nusrat (Xorazm)
3-o‘rin Ahmadov Ilyos (Jizzax) hamda Azimjonov Azizjon (Farg‘ona)
73 kilogramm vaznda
1-o‘rin Mashrabov Ilhomjon (Andijon)
2-o‘rin Sultonboyev Nusratbek (Andijon)
3-o‘rin Hasanboyev Xolmirza (O‘zDJTU) hamda Anvarjonov Bunyod (QQR)
90 kilogramm vaznda
1-o‘rin Isroilov Jasurbek (Andijon)
2-o‘rin Ro‘ziyev Husniddin (Andijon)
3-o‘rin Muhammadov Oybekjon (Farg‘ona) va Mamasidiqov G‘iyos (Namangan)
100 kilogramm vaznda
1-o‘rin Artiqov Zaylobiddin (O‘zDJTU)
2-o‘rin Ahadjonov Nodirbek (Jizzax)
3-o‘rin Umarov Rustam (Namangan) va Rustamov Akbarshoh (O‘zDJTU)
+100 kilogramm vaznda
1-o‘rin Pirmatov Xislat (Toshkent viloyati)
2-o‘rin Ismoilov Zohidbek (Farg‘ona)
3-o‘rin Nazarov Sardor (Toshkent viloyati) va Ahmedov G‘olib (Jizzax)
Belbog‘li kurash bo‘yicha mutlaq g‘oliblar:
Ahadjonov Nodir (Jizzax)
Artikov Zaylobiddin (O‘zDJTU)
Ismoilov Zohidbek (Farg‘ona)
Pirmatov Xislat (Toshkent viloyati)
Zarbdor tumani hokimligi matbuot xizmati