“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida “PSJ”ga qarshi kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi (0:2) va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Bu Pep Gvardiola jamoasi uchun Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa YChL / YChK tarixida ilk bor Angliya klubi bir mavsum davomida shuncha ko‘p g‘alaba erishdi.
“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi (1992-yilda tashkil topgan) tarixida ilk bor musobaqa finaliga chiqdi va bu natijani qayd etgan APLning 6-klubi bo‘ldi. Bunga qadar “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenhem” finalga qadar yetib borgandi.
Chempionlar Kubogi davrini ham qo‘shib hisoblaganda Angliyaning 9-jamoasi finalga o‘ynaydi (yuqoridagi jamoalarga qo‘shimcha: “Nottingem Forest”, “Aston Villa” va “Lids”). Bu mutlaq rekord hisoblanadi.
“Manchester Siti” musobaqa finalida “Chelsi”—“Real” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!