“PSJ” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsida ham “Manchester Siti”ga yutqazdi (0:2) va musobaqa bilan xayrlashdi.
Bu “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola va “PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘rtasidagi 20-to‘qnashuv bo‘ldi. Ularda Gvardiola 12 marta g‘alaba qozongan, 5 bor durang qayd etilgan va uch marta Pochettino g‘olib bo‘lgan.
Gvardiola faqat ikki mutaxassis ustidan ko‘proq g‘alaba qozongan: Joze Mourinyo (25 ta g‘alaba) va Shon Daych (13).
Pochettino faoliyati davomida “Espanyol” va “Tottenhem” boshqaruvida kataloniyalik mutaxassisga qarshi o‘yin o‘tkazgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!