Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “Bunyodkor” 4-may, seshanba kuni o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi.

Foto: “Nasaf” FK / “Daryo”

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Husniddin Aliqulov 5-daqiqada darvozabonga to‘p oshiraman deb avtogol muallifiga aylandi. 56-daqiqaga kelib esa “qaldirg‘ochlar” Nurillo To‘xtasinovning goli evaziga oradagi farqni oshirdi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa kiritilmadi.

Shu tariqa Qarshi klubining 5 o‘yindan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 11 taga yetgan “Bunyodkor” musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Nasaf” hisobida ham 11 ochko mavjud. Jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra, 3-o‘rinda bormoqda.

Superliga

7-tur bahsi

4-may, seshanba

“Bunyodkor” — “Nasaf” 2:0

Gollar: 1:0 — 5 avtogol Aliqulov, 2:0 — 56 To‘xtasinov.

“Bunyodkor”: 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farrux Ikromov (7.Sunnatilla Abdullajonov, 81), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev (8.Sanjar Rashidov, 73), 14.Mirjahon Mirahmadov (49.Ibrohim Tomiva, 73), 19.Nurillo To‘xtasinov (13.Lutfulla To‘rayev, 84), 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov, 35.Ibrohim Ibragimov.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (77.Oybek Bozorov, 70), 6.Murodbek Xo‘jamberdiyev (14.Shokir Yo‘ldoshev, 70), 8.Dilshod Saidov (15.Jo‘rabek Mannonov, 77), 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 55.Shahzod Akramov (25.Muhriddin Zoirov, 56), 88.Marko Stanoyevich (70.Abubakrrizo Turdialiyev, 77), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Nurillo To‘xtasinov 32, Farrux Ikromov 81, Ravshan Yagudin 90+3.