O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Saken Po‘latov Osiyo boks konfederatsiyasining (ASBC) vitse-prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: MOQ

O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov dam olish kunlari o‘tkazilgan Ijroqo‘m a’zolari yig‘ilishida katta farqdagi ovoz bilan Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylangan.

Saken Po‘latov 2019-yilning aprel oyida Bangkokda o‘tkazilgan ASBC bosh assambleyasi davomida Ijroqo‘m a’zoligiga saylangandi. 2020-yilning dekabr oyidan boshlab Osiyoda boksni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari etib tayinlangan.

Po‘latov 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Saken Po‘latov bir necha yil Toshkentning “Lokomotiv“ futbol klubi tizimida (qaysi lavozimdaligi ma’lum emas) faoliyat yuritgan. U, shuningdek, Orient Finans Bank boshqaruv kengashi raisligi lavozimida ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!