“Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 34-turi doirasida “Latsio”ga qarshi kechgan bahsda (3:4) gol urishga erishdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Bu o‘zbekistonlik futbolchi uchun Italiya chempionati 2020/21-yilgi mavsumidagi 5-gol bo‘ldi.

Eldor A Seriya joriy mavsumida gol urish bo‘yicha bir qator yulduz futbolchilarni ortda qoldirmoqda. Ular orasida “Yuventus” hujumchilari Paulo Dibala (3 ta gol) va Deyan Kulusevski (4), “Milan” yarim himoyachisi Xoqon Chalxono‘g‘lu (4) hamda hujumchi Brahim Dias (2), “Inter” vakillari Ivan Perishich (3), Arturo Vidal (2), “Fiorentina” yulduzi Frank Riberi (2) kabi futbolchilar bor.

Shuningdek, Shomurodov Aleksis Sanches (“Inter”), Ueston Makkenni (“Yuventus”), Balde Keyta (“Sampdoriya”) va Teo Ernandes (“Milan”) bilan bir xil natija (5 tadan gol) qayd etmoqda.

“Latsio” — “Jenoa” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Shomurodov “Jenoa”da Mattia Destro (11), Janluka Skamakka (7) va Goran Pandevdan (6) keyingi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

A Seriya tugashiga hali yana to‘rtta tur bor genuyaliklar qolgan turlarda “Sassuolo” (9-may), “Bolonya” (12-may), “Atalanta” (15-may) va “Kalyari” (23-may) jamoalari bilan o‘ynaydi.

Mavzuga doir: WhoScored “Latsio” — “Jenoa” uchrashuvi futbolchilarining reytingini e’lon qildi. Eldor Shomurodov genuyaliklar safida eng yaxshilardan biri bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!