Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Chelsi” 1-may, shanba kuni o‘z maydonida “Fulhem”ni qabul qildi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Kay Havertsning har ikkala bo‘lim avvalidagi gollari londonliklarga g‘alaba keltirdi. Germaniyalik futbolchi 10 va 49-daqiqalarda ikki bor “Fulhem” posbonini o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur qildi. Shu tariqa “Chelsi” o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdagi imkoniyatini oshirib oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin Tomas Tuxel shogirdlari 61 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. “Fulhem” (27) esa 18-pog‘onani band qilgan.

APL

34-tur bahslari

1-may, shanba

“Chelsi” — “Fulhem” 2:0

Gollar: 1:0 – 10 Haverts, 2:0 – 49 Haverts.

“Chelsi”: Mendi, Chiluell (Alonso, 81), Zuma, Kristensen, Jeyms, Haverts, Gilmor, Ziyosh (Kante, 66), Maunt (Abraham, 76), Tiago Silva, Verner.

“Fulhem”: Areolya, Andersen, Robinson, Adarabioyo, Ayna, Lemina (Karvalyo, 78), Dekordova-Rid, Lukman, Zambo-Angissa, Kavaleyru (Onoma, 78), Maja (Mitrovich, 81).

Ogohlantirishlar: Zuma (41), Ayna (90).

“Brayton” – “Lids” 2:0

Gollar: 1:0 – 14, penalti Gross, 2:0 – 79 Uelbek.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)