• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oylar sultoni — Ramazon: Zakot kimlarga beriladi-yu, kimlarga berilmaydi? Zakot berishda niyat qilish shartmi?

    “Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

    Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

    Mavzuga doir:

    • Oylar sultoni — Ramazon: Saharlik va iftorlikning fazilati
    • Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zador kishi ro‘za tutmaganlarga ovqat sotsa bo‘ladimi? Ro‘zador holimda og‘riyotgan tomog‘imga spirt surishim mumkinmi?
    Navbatdagi suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov bilan uyushtirildi.

    Hikmatulloh domla Toshtemirov.

    Hikmatulloh domla Toshtemirov.
    Foto: “Muslim.uz”

    Zakotning mohiyati nima?

    Zakot — Islomning besh farzidan biri, moliyaviy ibodatdir. Uning “o‘sish”, “salohiyat” kabi ma’nolari bor. Istilohda esa boy kishi ma’lum bir mollardan zimmasiga vojib bo‘lgan miqdorni kambag‘alga mulk qilib berishidir. Zakot berishda nisob va yil o‘tishi e’tiborga olinadi.

    Zakotning farzligiga Qur’oni karim, hadislar va ummatning ijmosi dalolat qiladi. Alloh taolo shunday deydi: “Namozni qoim qiling va zakotni bering...” (Baqara surasi 43-oyat). Qur’oni karimda xuddi shu jumla buyruq ko‘rinishida takror-takror kelgan.

    Payg‘ambarimiz alayhissalom Islom besh narsa ustiga qurilganini zikr qilib ularni ichida zakotni ham sanadilar (Imom Buxoriy rivoyatlari).

    U Zot atrofdagi musulmonlarning zakot mollarini yig‘ish uchun xodimlar jo‘natar edilar. Jumladan, Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga jo‘nata turib: “Ularga ma’lum qilingki, Alloh taolo ularning molida boylaridan olinib kambag‘allariga qaytariladigan bir sadaqani vojib qilgan”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyatlari).

    Zakotni bermaydiganlarni Alloh taolo qattiq azob bilan ogohlantiradi: “...Oltin va kumushlarni kon (maxfiy xazina) qilib olib, ularni Alloh yo‘lida sarf qilmaydiganlarga alamli azob haqida «xushxabar» bering!” (Tavba surasi 34-oyat).

    Kishi zakotga qodir bo‘lganini qanday aniqlaydi?

    Zakot berish farz bo‘lishi nisob va yil o‘tishiga bog‘liq. Islomda nisob-boylik darajasi mol-mulkning 85 gramm tilla yoki uning qiymatiga yetishi bilan o‘lchanadi. Bu boylikka asliy hojatlari: uy-joyi, uy asboblari, kiyim kechaklari, kasb asboblari va ulov (mashinasi)ning qiymati qo‘shilmaydi. Demak, kimda qarzlaridan ortiqcha 85 g tilla yoki uning qiymatidagi kumush, qog‘oz pullar va tijorat mollari bo‘lsa, uning moli nisob (boylik miqdoriga) yetgan bo‘ladi. Bunday kishi moli nisobga yetgani uchun endi zakot ololmaydi.

    Qamariy taqvim bo‘yicha rosa bir yildan keyin ham nisob miqdoridagi mol-mulk ehtiyojdan ortiqcha bo‘lib, ishlatilmay turgan bo‘lsa, ana endi faqirlarga mol-mulkining 1/40 (qirqdan bir, ya’ni 2,5%)ini zakot sifatida beradi. Masalan, bir kishining moli Muharram oyida 85 gramm tillaning qiymatiga yetdi. Kelasi yil Muharram oyida esa moli 100 gramm tillaning qiymatiga yetdi. Shunda u mol-mulkining 1/40 i, ya’ni, 2,5 gramm tillaning qiymatini zakot qilib beradi. Yil o‘rtasida qiymatning ko‘payib-kamaygani e’tiborga olinmaydi.

    Chorva mollaridan qanday zakot beriladi?

    Kumush, qog‘oz pullar va tijorat mollarining zakoti bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Lekin chorva mollarining zakoti bularga qo‘shilmasdan, alohida hisoblanadi.

    Zakot beriladigan chorva mollari yilning ko‘p qismida (6 oydan ko‘proq) daladan o‘tlab yurgan bo‘lishi kerak. Qo‘lda boqiladigan hayvonlardan zakot berilmaydi. Tijorat maqsadida olib boqilayotgan har qanday hayvonlarning qiymati tilla-kumush, qog‘oz pul va tijorat mollari qiymatiga qo‘shib hisoblanadi.

    Zakot beriladigan chorva hayvonlari: qo‘y-echki, sigir, tuya va ot. Bu chorvalarning turlari ham bir-biriga qo‘shib hisoblanmaydi. Alohida-alohida nisobga yetishi shart bo‘ladi. Qo‘y qirqtaga yetsa, bitta qo‘y; sigir o‘ttiztaga yetsa, bitta bir yoshni to‘ldirgan buzoq; tuya beshtaga yetsa, bitta qo‘y; urg‘ochi yoki erkak-urg‘ochi otlar aralash bo‘lganda, otning har bittasidan qiymatining 1/40 i zakot qilib beriladi.

    Bu hayvonlarning soni ortib borgan sari zakotga beriladigan soni o‘zgarib boradi. Ularni batafsil bilib olish uchun fiqh kitoblarga murojaat qilish kerak. Bunda hayvonning o‘zidan ham, qiymatini ham berish mumkin. Qaysi hayvon bo‘lsa ham, faqat bolalarining o‘zi bo‘lsa, undan zakot berilmaydi, lekin kattalari bilan aralash bo‘lsa, kichiklarini ham hisobga qo‘shiladi.

    Zakot berishda niyat qilish shartmi?

    Albatta, zakotda niyat shart. Zakot molini ajratayotganda yoki uni faqirga berayotganda zakot berishni niyat qilish kerak. Hech qanday niyatsiz berilgan zakot sadaqa bo‘lib, qaytadan zakot berish lozim bo‘ladi. Faqirga bu zakot deb aytish shart emas.

    Zakot kimlarga beriladi?

    Zakot kimga berilishi haqida Qur’oni karimda shunday deyiladi: “Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchi (kofir)lar, (pul to‘lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo‘lida hamda yo‘lovchiga (musofirga berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli zotdir” (Tavba surasi, 60-oyat).

    Demak, zakot beriladigan 8 ta toifa insonlar bor:

    1. Faqir – moli nisobga yetmagan shaxs;
    2. Miskin – hech narsasi yo‘q kishi;
    3. Zakot yig‘ish ishida band bo‘lganlar;
    4. Dillari Islomga oshno qilinuvchi g‘ayri dinlar;
    5. Mukotab qullar;
    6. Agar zimmasidagi qarzini bersa, puli nisobdan kamayib qoladigan qarzdor kishi;
    7. Alloh yo‘lida yurganlar (bunda asosan muhtoj bo‘lib qolgan hojilar tushuniladi);
    8. Yo‘lda qolganlar (moli boru, o‘zi bilan birga emas).
    Yuqorida sanab o‘tilganlardan “dillari Islomga oshno qilinuvchilar” hazrati Umar davrida zakot beriladiganlar qatoridan chiqarilgan. Quldorlik tugatilgani sababli “mukotab qullar” bugungi kunda mavjud emas.

    Zakot berishni, haqli bo‘lishsa, aka-uka, opa-singil va ularning farzandlari, keyin amaki-amma va ularning farzandlari, keyin tog‘a-xola va ularning farzandlari, keyin boshqadan qarindoshlar, keyin qo‘ni-qo‘shni, mahalla va hamkasblardan boshlash afzaldir.

    Kimlarga zakot berilmaydi:

    Shariatimizga ko‘ra quyidagilarga zakot berilmaydi:
    1. Boy kishilarga;
    2. Boshqa din vakillariga;
    3. Boy kishining balog‘atga yetmagan farzandiga;
    4. O‘rtalarida tug‘ilish aloqasi bo‘lganlar ya’ni, ota-ona va ularning ota-onalari, o‘g‘il-qizlar va ularning farzandlariga;
    5. Er yoki xotinga;
    6. Hoshimiylar, ya’ni, Payg‘ambarimiz alayhissalomning qarindoshlariga.

    Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

    30.04.2021, 03:38   Izoh (0)   53187
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iftorlikdagi Mirziyoyev, kislorod uchun navbat, muhojir farzandining quvnoq kulgisi. 29-aprel suratlari

    29.04.2021, 23:59

    Toshkent metrosining “Novza” bekati yaqinida poyezd to‘xtab qolgani sababi ma’lum qilindi

    29.04.2021, 23:58

    “2021-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda optik tola kirib bormagan maktab qolmaydi”, — Xalq ta’limi vazirligi

    29.04.2021, 23:46

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanboshi ruhi” majmuasiga tashrif buyurdi. Majmua yaqinida ikki prezident iftorlik qildi

    29.04.2021, 23:15

    Qashqadaryo hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

    29.04.2021, 22:46

    “Narxini eshitib, hokim haydavorgandi” — deputat Doniyor G‘aniyev baland bayroqlar o‘rnatilishi haqida

    29.04.2021, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumiga start berildi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ipoteka-bank O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi a’zosiga aylandi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    “Kapitalbank” bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    VEON O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan Hambi — “Hammasi Bitta” ilovasini ishga tushirdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    “O‘yin qoidalarini o‘zgartirish uchun keldik”. Saakashvili Gruziyani qanday qilib muvaffaqiyatga yetaklay oldi?

    29.10.2024, 20:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.