Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avtomobil sanoatidagi 40 ga yaqin korxonani o‘zida birlashtirgan “O‘zavtosanoat” 2021-yilning I choragi yakunlarini sarhisob qildi, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aniqlanishicha, kompaniyaning asosiy faoliyatidan kelgan daromadlar 47,4 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 milliard so‘mga ko‘p demak.

Asosiy faoliyat turidan keladigan foyda esa yanada oshgan — 35,6 milliard so‘m (2020-yilning mos davrida 14,9 milliard so‘m).

Moliyaviy faoliyatdan keladigan tushumlar keskin kamaygan — 31,3 milliard so‘mdan 19,1 milliard so‘mga qadar. Bunga dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlarning keskin qisqarishi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, kompaniya 2021-yilda sarflarni ham kamaytirgan — xarajatlar 1,4 milliard so‘mga kamayib, 11,8 milliard so‘mni tashkil etgan.

“O‘zavtosanoat”ning ko‘rgan foydasi soliqlar to‘languniga qadar 50,8 milliard so‘mni, to‘langach, 42,8 milliard so‘mni tashkil etgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,9 milliard so‘mga ko‘p demak.

Kompaniyaning ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda keskin ko‘tarildi. Masalan, 2021-yilning dastlabki uch oyidagi foyda 2018-yilning dastlabki olti oyidagi foydaga yaqinlashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi