Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Adliya maslahatchisi Bahodirov Bahriddin Bahodir o‘g‘li Qamashi tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qamashi tuman hokimligi

Foto: Qamashi tuman hokimligi

Ta’kidlanishicha, bosh prokuror buyrug‘i bilan tumanda ish boshlagan mas’ul tayinlovga qadar viloyat prokurori Erkaboy Tojiyevning xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 13-aprel kuni yoshlar masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq prokurori Husniddin Bobomurodov yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun ishdan olingandi. Mazkur yig‘ilishda xuddi shu ayblov bilan Shofirkon tumani prokurori, Xiva hamda Chust tumani IIB boshliqlari ham ishdan olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi