So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev Arnasoy, Yunusobod, Buvayda hokimlari o‘rinbosarlari yer ajratib berish evaziga pora olganini ma’lum qildi

    07.11.2020, 13:12 23130

    O‘zbekistonda o‘tgan ikki yilda qishloq xo‘jaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli ko‘rinishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda 7-noyabr kuni tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ularning jinoiy qilmishlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 225 milliard so‘mni tashkil etadi. Ayni paytda sohaga mas’ul Qishloq va Suv xo‘jaliklari tizimida ishlovchi 52 nafar xodimlarning o‘zlari korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.

    Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida Yangiyo‘l tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldoshev ushbu sohada ish boshlaganiga yarim yil ham bo‘lmasdan, “Valiyev Invest baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Valiyev bilan til biriktirib, fermer xo‘jaligining 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali yaqin qarindoshlari nomiga o‘tkazib, keyinchalik boshqa shaxslarga 38 400 dollarga sotib yuborgan.

    Shuningdek, yig‘ilishda, ayrim rahbarlar tomonidan yerlardan xo‘jasizlarcha va noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi qayd etilgan.

    Xususan, yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish jarayonida respublika bo‘yicha 967 ta holatda 34 822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgan. Yer ajratish va undan foydalanishda korrupsiya, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik holatlari mavjudligi ta’kidlangan.

    Yer ajratish va undan foydalanishda korrupsiya, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik holatlari mavjudligi ta’kidlangan.

    “Buxoro viloyatida qisqa muddatda o‘tkazilgan o‘rganishlarda hokimliklar tomonidan 21 493 gektar yerni noqonuniy muomalaga qaratish bilan bog‘liq jami 348 ta qonunga zid qarorlar qabul qilingan. Misol uchun, Jondor tuman hokimi Kamolov 2020-yil 16-maydagi qarori bilan o‘rinbosari Saidovning turmush o‘rtog‘iga 100 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida, garchi yetarli chorvasi bo‘lmasa-da, noqonuniy ajratib bergan”, — deya ma’lumot beradi bosh prokuror.

    Ma’lum qilinishicha, yer ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so‘nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas’ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

    Ma’lum qilinishicha, yer ajratish jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uchun so‘nggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas’ul xodimlari javobgarlikka tortilgan.

    Xususan, 2014-yilda Jizzax viloyati hokimligida boshqarma sobiq rahbari sifatida ishlagan Saidqulov sud ishlariga aralashib 6 ming dollarni firibgarlik bilan olganligi uchun sudlangan. Shunday bo‘lsa-da, unga yana imkon berilib, 2019-yil 2-maydan Arnasoy tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ishonib topshirilgan. Saidqulov esa bu ishonchni suiiste’mol qilib, 15 kun ham o‘tmasdan, yana korrupsiyaviy jinoyatga qo‘l urib, “Oqqush halol parranda” jamiyati rahbariga 10 gektar yer ajratib berish evaziga 13 ming dollar talab qilib, 2 ming dollar olganida qo‘lga tushgan.

    Yoki Qibray tumani hokimi Masharipov “Flower City” jamiyati rahbari Ahmedovga 9,8 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga hokim sektori binosini ta’mirlash vaji bilan 20 ming dollar talab qilib, 15 ming dollarni quruvchi orqali qo‘lga kiritgan. Masharipov fevralda jamiyatga 9,8 gektar yer maydonini ajratishga erishgan. Bundan tashqari, Masharipov o‘zining ta’sischiligida “Salon media stroy” jamiyatini tuzib, mansabidan foydalangan holda tumanning turli hududlarida jami 10 gektar yerni go‘yoki issiqxona qurish, sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilishiga ham erishgan. Shundan keyin fuqaro O‘rmonovga ushbu yer maydonlarini jami 60 ming dollarga sotgan.

    Shu kabi, yer ajratib berish evaziga Yunusobod tuman hokimi o‘rinbosari Zohidov — 5 ming, Buvayda tuman hokimi o‘rinbosari Dehqonov— 20 ming, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi uy- joy shirkatlari uyushmasi raisi Azizov — 35 ming dollar olganligi uchun qonun oldida javob bergan.

    Mavzuga doir: Piskentda 142 nafar vafot etgan fuqaro nomiga pensiya rasmiylashtirgan Pensiya jamg‘armasi inspektori javobgarlikka tortildi

    Avvalroq Toshkent viloyatida 60 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olingani, Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xanchjou—2022. Murodjon Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 14:22

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Bugun, 14:10

    Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Bugun, 13:58

    O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berildi

    Bugun, 13:52

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Bugun, 13:44

    Novey kompaniyasi rebrending o‘tkazdi. Kompaniyani qanday o‘zgarishlar kutmoqda

    Bugun, 12:00

    Toshkent shahrida salkam 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    Bugun, 13:38

    Uy interneti Beeline mobil tarmog‘i orqali

    Bugun, 13:30
    Reklama

    Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

    Bugun, 13:29

    “Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

    Bugun, 12:57

    Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati berilmoqda

    Bugun, 12:47

    Tavsiya etamiz

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    22:00 / 24.09.2023

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    23:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?