Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki bank kartalaridan foydalanadigan fuqarolarni turli firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirib, bir martalik yuborilgan SMS-kodlarni hech kimga bermaslikni eslatdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, mobil telefonga kelgan bir martalik SMS-kod, mobil ilovalar, veb-ilovalarga kirish huquqini beruvchi login va parollar bank xodimlari tomonidan so‘ralmaydi.

“Qo‘l telefoningizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Markaziy bank, tijorat banki, to‘lov tashkiloti yoki to‘lov tizimi operatorining nomidan xavfsizlik, plastik karta, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash yoki boshqa bo‘lim xodimi deb tanishtirib, mobil ilovangiz buzilgani, bank kartangiz blok holatiga tushgani, kartadan noqonuniy pul yechib olishga urinishlar bo‘layotgani va shu kabi turli uydirmalarni keltirgan holda darhol chora ko‘rilmasa, barcha mablag‘lardan ayrilishi haqida aytib, firibgarlar tomonidan ijtimoiy injiniringni qo‘llagan holda turli psixologik bosim o‘tkazishga urinish holatlari, shular jumlasidandir”, — deya qayd etadi Markaziy bank.

Xabarda fuqarolardan hech qachon telefonga kelgan bank kartalari bilan bog‘liq bir martalik yuborilgan SMS-kodni, tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish huquqini beruvchi login va parollarni hech qanday shaxslarga aytmaslik so‘raladi. “Ular sizdan olgan ma’lumotlar (SMS-kod, login va parol va hokazo) orqali bank kartangizdagi pul mablag‘larini ko‘chirib olish yoki sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qo‘lga kiritadi”, — deya qo‘shimcha qiladi bank.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi