Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida bankomat yonidan plastik kartadan pul yechib berish vaqtida yashirin ravishda SMS xabarnoma xizmatini o‘z raqamiga yoqtirib olib, kartalardagi mablag‘larni o‘zlashtirgan va ehtiyojlariga sarflab yuborgan 20 yoshli yigit qo‘lga tushdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Xabarga ko‘ra, 20 yoshli I.M. 2020-yilning 29-mayidan 9-iyunigacha “Qo‘yliq dehqon bozori” hududida o‘rnatilgan bankomat yonida turib, plastik kartadagi pulni naqdlashtirish maqsadida kelgan jami 7 nafar fuqaroga pullarni naqdlashtirishda yordam berishini aytgan. Yigit ulardan plastik kartani olib, pullarni naqdlashtirish jarayonida, plastik kartaga ulanish SMS xabarnomasini o‘zining uyali telefon raqamiga yashirincha o‘rnatib olgan. Plastik karta raqami va maxfiy kodni uyali aloqa vositasiga saqlab olib, fuqarolarning plastik kartasi hisobidagi jami 10 million 497 ming 410 so‘m mablag‘ni yashirin ravishda egallab, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“I.M. dastlabki tergov jarayoniga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Tergov harakatlari yakunida jinoyat ishi, ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqaro A.S.ning murojaati asosida Telegram’da firibgarlik qilib, 1 million 400 ming so‘m pulni o‘g‘irlagan jinoyatchi hibsga olingani, Telegram’da odamlarning 19 million so‘mdan ko‘proq pulini o‘g‘irlagan farg‘onalik 21 yoshli firibgar qo‘lga tushgani, 25-iyulda World Crypto Capital kompaniyasi rahbari Aleksey Meng O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq fuqaroning jami 1,7 million dollarini qo‘lga kiritib, mamlakatdan chiqib ketgani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi