• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi O‘zbekistondagi yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibi bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi

    Adliya vazirligi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Taklif etilayotgan qonun loyihasi yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun sifatida yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibining takomillashishi, nizoli vaziyatlarning oldini olish va ushbu sohada paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolar samarali hal etilishiga xizmat qiladi.

    Nima uchun alohida qonunga ehtiyoj tug‘ildi?

    Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, shuningdek, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan obyektlarni buzib tashlash ko‘plab davlatlarda dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu masalalarning lozim darajada huquqiy tartibga solinmasligi aksariyat hollarda aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘ladi.

    Hukumat qarori darajasida tasdiqlanib, 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga oid bir qator masalalarni tartibga soladi.

    Biroq yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini kuchaytirish borasida qonun darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar saqlanib turibdi. Adliya vazirligi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishining aniq tartib-taomillari va mexanizmi O‘zbekistonning Yer kodeksida ham aniq belgilanmagan.

    Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish sohasidagi xorijiy tajribada, bu kabi o‘ta muhim ijtimoiy-huquqiy munosabatlar aynan qonun darajasida tartibga solingan.

    Masalan, shunday qonunlar Yaponiya (“Ekspropriatsiya to‘g‘risida”gi qonun), Koreya Respublikasi (“Yer uchun kompensatsiya berish to‘g‘risida”gi qonun), Shvetsiya (“Ekspropriatsiya to‘g‘risida”gi qonun), Finlyandiya (“Ekspropriatsiya to‘g‘risida”gi qonun), Estoniya (“Ko‘chmas mulkni ekspropriatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun) va bir qator boshqa davlatlarda qabul qilingan.

    Jamoat ehtiyojlari nima ekani aniq belgilab olinishi kerak

    Ushbu qonun loyihasida faqat “jamoat ehtiyojlari” iborasi qo‘llanilmoqda va O‘zbekiston huquq tizimida o‘rnashib qolgan “davlat va jamoat ehtiyojlari” tushunchasidan voz kechilmoqda.

    Jamoat ehtiyojlari tushunchasi nima ekani aniq va tugal belgilab qo‘yilmas ekan uni turlicha talqin qilish, xususiy ehtiyojlarni yoki tijorat ehtiyojlarni jamoat ehtiyoji sifatida talqin qilishga urinishlar bo‘lib turadi.

    Shu bois qonun loyihasida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan aniq holatlarning tugal ro‘yxati keltirilib, “boshqa holatlar” kabi mujmal qoidalardan butkul voz kechilgan.

    Eng muhimi “investitsiya loyihalarini amalga oshirish” yer uchastkasini olib qo‘yish uchun asos bo‘la olmasligi nazarda tutilmoqda va investor yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbusi bilan chiqa olmasligi belgilanmoqda.

    Qonun loyihasi qabul qilinsa, yer uchastkasini osonlikcha olib qo‘yib bo‘lmaydi

    Qonun loyihasi birgina yer uchastkalarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilingungacha tashabbuskor kamida 6 ta bosqichdagi jarayonlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi, shu jumladan, mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish kabi majburiy shartlarni bajarishi lozim bo‘ladi.

    Faqatgina shundan so‘ng mahalliy kengashlar tomonidan yer uchastkasini olib qo‘yish tashabbusi jamoat ehtiyojlariga xizmat qiladi deb topilsa, mulkdorlar bilan muzokaraga kirishadi va ularning har birining roziligini olmaguncha hamda kompensatsiyalar to‘liq berilib, ko‘chmas mulklar bo‘shatib qo‘ilmaguncha hech kim uni buzish, ya’ni “snos” haqida gapira olmaydi.

    Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida unga tegishli bo‘lgan mulkni erkin tasarruf etishiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlarga, shu jumladan, turar joyni kommunikatsiya vositalaridan uzib qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektiga kirish va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘yish, munosib hayot kechirishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoit yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Jarayon misli ko‘rilmagan shaffoflik standartlari asosida yuz beradi

    Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida, qonun loyihasida yer uchastkasini kompensatsiya evaziga olib qo‘yish tashabbusining ochiq muhokamasini o‘tkazishga oid quyidagi misli ko‘rilmagan standatlar belgilangan:

    • tashabbuskor tomonidan ochiq muhokama o‘tkazilishi jarayonining majburiy tartibda audio va video qayd qilinishi ta’minlanishi;
    • ochiq muhokama ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilishi va ularning ishtiroki tashabbuskor tomonidan ta’minlanishi shartligi;
    • ochiq muhokamani o‘tkazish joyi ko‘pchilik huquq egalarining yashash joyiga yaqin bo‘lishi kerakligi;
    • ochiq muhokamada huquq egalarining uchdan ikki qismi qatnashganda ochiq muhokama o‘tkazilgan hisoblanishi;
    • tashabbuskor huquq egalariga ochiq muhokamada onlayn qatnashish imkoniyatini yaratishi shartligi.
    Qolaversa, mahalliy Kengashlarning yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha majlislari to‘liq shaffof tarzda OAV va mulkdorlarning bevosita ishtirokida o‘tkaziladi. Qabul qilingan qarorlarning barchasi ochiq e’lon qilinadi.

    Kompensatsiya berishning aniq qoidalari o‘rnatilmoqda

    Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda quyidagi masalalar aniq yechimini topadi:

    • kompensatsiya berilishining aniq qoidalari o‘rnatiladi;
    • kompensatsiya sifatida boshqa turar joy berilganda ijtimoiy normani hisoblash qoidalari belgilanadi;
    • bitta mahalla yoki ko‘chada yashovchi huquq egalari va ularning oila a’zolariga qulay shart-sharoitlar yaratish va madaniy qadriyatlarini saqlab qolish maqsadida, huquq egalarining xohishiga ko‘ra bitta mahalla yoki ko‘chada joylashgan yangi uylar (bitta ko‘p qavatli uydagi kvartiralar) berilishi mumkinligi nazarda tutiladi;
    • kompensatsiya o‘z vaqtida va to‘liq berilishining doimiy monitoringi Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestri yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
    Ko‘chmas mulkni buzib tashlash haqidagi qarorni hokimlar emas mahalliy kengashlar qabul qiladi

    Qonun loyihasi bilan ko‘chmas mulkni buzib tashlash haqidagi qarorni qabul qilish tartibi o‘zgaryapti, unga ko‘ra bu kabi qaror hokimlar tomonidan emas Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

    Kompensatsiya berilganidan so‘ng ko‘chmas mulk obyektini olti oy mobaynida bo‘shatib qo‘yishga imkoniyat beriladi.

    Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror loyihalari adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilganidan keyin qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda yer uchastkalari bo‘yicha qonunbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti beriladi
    • Bosh prokuratura: “Snos”lar tufayli 2020-yilda buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan

    22.04.2021, 13:26   Izoh (0)   37175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 23-aprel kuni harorat 30 darajagacha iliq bo‘ladi

    22.04.2021, 13:11

    Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to‘plab yurgan ayol va erkak 10 sutkaga qamaldi

    22.04.2021, 12:46

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistondagi uchta OTM rektori ishdan olindi

    22.04.2021, 12:22

    “Yo‘llar yomonligi sabab 2 yil ichida sodir bo‘lgan 530 dan ortiq YTH oqibatida 191 kishi halok bo‘lgan” — Senat qo‘mitasi

    22.04.2021, 12:22

    O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha dunyo reytingida 21-o‘rinni egalladi

    22.04.2021, 12:10

    Jasur Umirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilgan IIB tergovchisiga hayfsan berildi

    22.04.2021, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.