Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2021-yil yanvar—mart oylari yakunlari bo‘yicha 7,1 milliard dollarni tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 930 million dollarga yoki 11,6 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eksport 2,4 milliard dollarni (26,5 foizga kamaygan), import esa 4,7 milliard dollarni (1,3 foizga kamaygan) tashkil etgan. Hisobot davrida 2,3 milliard dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.

Bu vaqt davomida tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (1,4 milliard dollar), Rossiya (1,3 milliard dollar), Qozog‘iston (866,7 million dollar), Turkiya (653,3 million dollar), Janubiy Koreya (408,3 million dollar) va Qirg‘iziston (187,9 million dollar) davlatlariga to‘g‘ri kelgan.

Eksport tarkibida yetakchi o‘rinni sanoat tovarlari egalladi — 38 foiz. Undan keyingi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (9,5 foiz), kimyoviy moddalar va toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (9,5 foiz) egalladi.

“Gazeta.uz” eksport hajmining sezilarli pasayishiga O‘zbekiston 7 oydan beri oltin eksport qilmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan. Spot buni noodatiy holat deb baholagan, chunki oltin respublikaning bir necha yillardan buyon asosiy eksporti bo‘lib kelgan. Ba’zan unga eksportning 50 foizi va undan ortig‘i to‘g‘ri kelgan.

Import hajmi 4,7 milliard dollarni va 2020-yilga nisbatan 98,7 foizni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,5 foiz), sanoat tovarlari (18,7 foiz) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (14,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarildi
Dunyo
Mark Sukerberg qanday qilib eng boy amerikaliklar o‘nligini tark etdi?
Sport
“Milan” klubi futbolchilariga BMW avtomobillari topshirildi (foto)