• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rus “NATO”sining 30 yillik yubileyi. O‘zbekiston va KXShT munosabatlari tarixi

    1992-yil 15-may sanasida sobiq sovet respublikalari o‘rtasida kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolanadi va u 1994-yilning 20-aprelidan boshlab kuchga kirdi. “Daryo” sana munosabati bilan mazkur shartnomaning yuzaga kelish tarixi va sabablari haqida hikoya qiladi. 

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qisqacha tarix

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tuzilar ekan undan ko‘zlangan asosiy maqsad post sovet hududida tashkil topgan yangi mustaqil respublikalar o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni saqlab qolishni maqsad qilardi. Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston hukumati rahbarlari kollektiv xavfsizlik shartnomasini tuzishda ishtirok etadi. 1993-yilga kelib mazkur shartnomaga Ozarbayjon, Gruziya va Belarus respublikalari ham a’zo bo‘ladi.

    1999-yilda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya kollektiv xavfsizlik shartnomasiga a’zolik muddatini cho‘zishdan bosh tortadi va AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan yaqin aloqalar o‘rnatish maqsadida GUAM – Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova hukumatlari rus ta’siriga qarshi harakat ittifoqiga birlashishadi. O‘zbekiston hukumatining GUAMga a’zoligi davrida 1997-yilda tashkil topgan tashkilot GUUAM deya nomlana boshlaydi.

    2002-yilda a’zo mamlakatlar kollektiv xavfsizlik tashkiloti faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqish va uni xalqaro huquqning subyektiga aylantirish masalasini hal qilishga kelishib oldi. Mazkur yilning 7-oktabr sanasida Kishinevda kollektiv xavfsizlik kelishuvi tashkilotining nizomi va huquqiy asosi haqidagi kelishuv imzolanadi. Kollektiv xavfsizlik kelishuvi tashkilotiga a’zo mamlakatlar kelishuvni imzolashadi va kelishuv 2003-yilning 18-sentabridan kuchga kiradi. 2004-yilning 2-dekabr sanasida tashkilot BMTda xalqaro kuzatuvchi maqomini oladi.

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining asosiy vazifalari

    2002-yil 7-oktabrda qabul qilingan tashkilot nizomiga ko‘ra tashkilot a’zo mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini yurgizishi belgilab olingan. Ammo tashkilot nizomida tashqi xavflarga qarshi tezkor harakat qilishni nazarda tutuvchi bandlarni ham belgilab olgan. Tashqi xavflar deyilganda a’zo mamlakatlar chegaralari yaqinida uchinchi davlatlarning harbiy kuchlarini joylashtirilishi, qurollanish borasidagi shartnomalarni buzilishi, yadro qurolining qo‘llanilishi, xalqaro terrorizm, a’zo mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish holatlari yuzaga kelgan taqdirda a’zo mamlakatlar birgalikda harakat qilishi nazarda tutiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zolari hozirda Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hisoblanadi. O‘zbekiston, Gruziya va Ozarbayjon 1999-yildan boshlab tashkilot a’zoligida qatnashishni to‘xtatib qo‘ydi. 2005-yil 13-maydagi Andijon voqealaridan keyin rasmiy Toshkent kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qaytib qo‘shiladi, biroq 2012-yilda O‘zbekiston hukumati yana tashkilot a’zoligidan chiqib ketadi.

    Siyosatchilar nazarida Prezident Mirziyoyev rahbarligi ostidagi O‘zbekiston kollektiv xavfsizlik kelishuvi tashkilotiga a’zo bo‘lmaydi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 10-sentabr sanasida O‘zbekiston Islom Karimovning tashqi siyosatdagi tamoyilini davom ettirishini va biror-bir harbiy bloklarga qo‘shilmasligini ham alohida ta’kidlaydi.

    MDH hududidagi yana bir betaraf davlat bu Turkmaniston hisoblanadi. Turkmaniston ham O‘zbekiston kabi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida qatnashmayotgan bo‘lsa-da, har ikki davlat harbiy texnik sohalarda Rossiya bilan hamkorlik qilishga majbur. Qolaversa, rasmiy Moskva Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti eshiklarini rasmiy Toshkent va Ashxobod uchun berkitmay kelmoqda. Bu esa tashkilotning jo‘g‘rofiy to‘siqlar qo‘ymaganligi va boshqa harbiy bloklarga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun tashkilot ochiqligini ham bildiradi.

    Kollektiv kuchlar

    KXSHTning yuzaga kelish tarixini uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich 1992-2002-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda post sovet o‘lkalaridagi yangi respublikalarda milliy qurolli kuchlarning paydo bo‘lish davri bo‘ldi. Bu davr Rossiya bilan birgalikda boshqa sobiq sovet respublikalari uchun ham murakkab davr bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ikkinchi davr 2002-2008-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda KXShTga a’zo mamlakatlar munosabatlarida jonlanish, muloqotga kirish, aloqalarni mustahkamlash kuzatildi. Tashkilot nizomi qabul qilindi va tashkilot xalqaro huquqning subyektiga aylandi.

    KXShTning uchinchi bosqichi 2009-yildan hozirgi “zamonaviy” davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda tashkilotning tezkor harakat qilish harbiy bo‘linmalari tashkil topdi va a’zo mamlakatlar vaqti-vaqti bilan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Ayni paytda tashkilot tasarrufida havo desanti harbiy bo‘linmalari, maxsus xizmat organlari ishtirokidagi bo‘linmalar va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, tashkilotda narkotiklar savdosiga qarshi kurash bo‘linmasi ham mavjud bo‘lib, bu bo‘linma o‘z faoliyati davomida 340 tonnaga yaqin giyohvand moddalarini qo‘lga olib, yo‘q qilishga erishdi.

    KXSHTning uchinchi davri, shuningdek, a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ixtilof va nizolar davri bo‘lgan bo‘lsa-da, tashkilotning maqomini kuchayishiga turtki bergan davr ham bo‘ldi.

    2010-yil iyun oyida Qirg‘izistonda qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida yuz bergan tartibsizliklar davrida Qirg‘iziston prezidenti Roza Otumbayeva KXShT harbiy kuchlarini mamlakatga kiritilishini so‘radi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qirg‘iz hukumatining so‘rovi asosli ekanligini qayd etib, harbiy kuchlarni Qirg‘izistonga kiritilishini yoqladi. Biroq KXShT bosh kotibi bo‘lgan Nikolay Bordyuja ayni paytda a’zo mamlakatlarning masalaga bo‘lgan fikrlaridan kelib chiqib Qirg‘izistonga harbiy kuchlarni kiritmaslik eng oqilona siyosat ekanligini ta’kidlaydi. Nikolay Bordyuja nazarida Qirg‘izistonga harbiy kuch kiritish mamlakatdagi vaziyatni yanada murakkablashtirib qo‘yishi mumkin edi.

    O‘zbekiston tarafi KXShTdan ikkinchi marta chiqib ketar ekan, Karimov nazarida tashkilot olib borayotgan siyosat O‘zbekistonning Afg‘oniston borasidagi qarashlariga mos emasligi, qolaversa O‘zbekiston va Tojikiston hamda Qirg‘iziston bilan yuzaga kelgan sovuqchilik edi. O‘zbekistonning KXShTdan chiqishini ko‘pchilik siyosiy tahlilchilar tashkilot endi zaiflashadi deb baholaganda, adashgan edi. Chunki O‘zbekistonning tashkilotdan chiqishi KXSHTning xalqaro huquq subyekti sifatida to‘laqonli tashkilotga aylanishidan keyin yuz berdi. Hozirda KXShT ShHT, BMT, MDH va Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi tashkilotlari bilan barcha darajada yaqindan aloqa qilmoqda.

    Ayni paytda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Suriya, Navalniy atrofidagi voqealar sabab ancha chigallashib turgan bir vaziyatda Rossiya uchun tashkilot doirasidagi hamkorlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimdir. Markaziy Osiyo esa iqtisodiy bosim ostida qolayotgan rus iqtisodiyoti uchun hamon katta imkoniyatlar bozori bo‘lib qolmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    20.04.2021, 16:11   Izoh (0)   20537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShning o‘nlab qiruvchi samolyotlari Polshaga kirib keldi, Pentagon buni “odatiy harbiy mashg‘ulotlar” bilan izohladi

    20.04.2021, 13:56

    COVID-19 pandemiyasi bir necha oy ichida nazorat ostiga olinadi — JSST

    20.04.2021, 13:09

    AQSh elchisi Kreml tavsiyasiga ko‘ra Rossiyani tark etishdan bosh tortmoqda — OAV

    20.04.2021, 11:59

    Gitlerning shaxsiy buyumlari Avstraliyadagi kimoshdi savdosida sotildi (foto)

    20.04.2021, 11:47

    Migel Dias-Kanel Kuba kommunistik partiyasi markaziy kengashi rahbarligiga saylandi. U Raul Kastro o‘rnini egallaydi

    20.04.2021, 10:46

    Moskvalik olim Navalniy bilan birdamlik belgisi sifatida ochlik e’lon qildi. O‘nlab odamlar uni qo‘llab-quvvatladi

    19.04.2021, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘rqinchli tushlar erta o‘lim xavfini oshiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 iyun, 09:59

    Isroilning G‘azoga hujumida 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 09:53

    Yuz terisining qarishiga olib keladigan tonggi odatlar

    Go‘zallik | 26 iyun, 09:38

    O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 09:27

    FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasi hamda klublari uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin

    Sport | 26 iyun, 09:22

    Zelenskiy: “Rossiyaning barcha harbiy jinoyatchilari sud oldida javob beradi”

    Dunyo | 26 iyun, 08:52

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.