• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saida Mirziyoyeva 7 yil avvalgi Haj safari xotiralari bilan o‘rtoqlashdi

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanali orqali 2014-yilda amalga oshirgan Haj safari xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

    Foto: Telegram / @Saida Mirziyoyeva

    Foto: Telegram / @Saida Mirziyoyeva
    2013-yil oilamiz uchun og‘ir keldi, kutilmaganda yaqin bir insonimiz olamdan o‘tib qoldi. Bu musibat meni hayotga boshqacha qarashga majbur etdi. Aslida, Alloh panohidan boshqa himoyamiz yo‘qligini va o‘ziga mustahkam imongina bizni qutqara olishini tushundim.

    O‘sha kunlari qalbimda bir chaqiriqni his qildim. Buni so‘z bilan tushuntirish qiyin. Oldinlari bunday kuchli tuyg‘uni sezmagan ekanman. Ka’bani tavof qilish, haj ibodatini ado etish istagi butun borlig‘imni qamrab oldi.

    Balki kimdir “Siz uchun bu muammo emas-ku?!”, deyishi mumkin hozir. Ammo unda vaziyat boshqacha edi.Tashkiliy muammolar yetarlicha, yana o‘sha yili bedavo kasallik — Ebola virusi tarqalgani ham ortiqcha bo‘ldi. Lekin mening ko‘zimga u paytda hech qanday to‘siqlar ko‘rinmadi.

    Biz kvota bo‘yicha navbat kutib, o‘zbekistonlik ziyoratchilar guruhidan joy qidirdik. Bir yil deganda yo‘limiz ochildi va Saudiya Arabistoniga yo‘l oldik.

    Haj ziyorati qoidasiga ko‘ra samolyotimiz Madina shahriga qo‘ndi. Havo 45 daraja issiq. Boshqa ziyoratchilar bilan birga 6—8 kishilik xonalarga joylashdik.

    Ibodatni qattiq ushlaydigan buvijonim boshchiligida ammajonim, xolam, singlim va men — jami 5 ayolmiz.

    Samolyotdan tushiboq, buvijonim hammamizni masjidga olib bordilar. Qorin och, tun-u kun tayinli ovqat yemaganmiz. Ehson qilib xurmo bilan qora non tarqatib yurgan odamga duch kelganimizda, singlim ikkimizning xursand bo‘lib ketganimizni ko‘rganingizda edi! Umrimda bunaqa mazali non yemaganman! O‘sha kundan xurmoga ham mehrim tushib qoldi. Doim o‘zim bilan (buvijonimning bir dunyo qurtlariga qo‘shib), bir juft xurmo olib yuradigan bo‘ldim.

    Ertasiga avtobusda Makkaga yo‘l oldik. Yo‘l bo‘yi talbiya aytib ketdik. Shu narsa xotiramda muhrlanib qoldi.

    Makkaga yo‘limiz ancha mashaqqatlar bilan kechdi. Safar boshidanoq kimsasiz joyda avtobus buzilib qoldi. Haydovchi arabchada allanimalarni tushuntirdi-yu bizni yaqin oradagi bekatga tushirib ketdi. Cho‘lning qoq o‘rtasi. Telefonda aloqaga chiqib bo‘lmaydi. Nima qilishni bilmay, bekatda o‘tiribmiz, changga botib. Orqamizdan so‘rab keladigan odam yo‘q. Bir soatdan keyin qandaydir avtobus ko‘rindi. Oynalari siniq. Ichi to‘la arab erkaklari. Ular ham Makkaga ketishayotgan ekan. Bir amallab avtobusga chiqib, joylashib oldik. Lekin bu bilan sarguzashtimiz tugagani yo‘q. 2 soatlik yo‘ldan keyin bu haydovchi ham bizni qandaydir blok-postda tashlab ketdi.

    4-marta mashina almashtirib, 3 soatlik yo‘lni 8 soatda bosib o‘tdik. Ehromlarimiz ko‘rinishdan uch kun sahroda piyoda yurgan sayyohlarning libosiga o‘xshab qolgandi.

    Nihoyat manzilga yetdik, orzumizdagi maskan — Masjid ul-Haromga, muqaddas Ka’baga keldik.

    Barcha mashaqqatlar ayni paytda yoqimli ham edi. Men atrofdagilar bilan birligimni his etib turardim. Allohga yaqin bo‘lish yo‘lidagi bu qiyinchiliklar men uchun quvonchga aylanib ketdi.

    Biz Hajga borgan 2014-yili Arafa kuni jumaga to‘g‘ri keldi. Buni Hajjul-akbar deyishar ekan. Bu biz uchun haqiqiy omad, baxtimiz bo‘ldi. Aytishlaricha, Makkaga o‘sha yildagichalik ko‘p odam kelmagan emish.

    Ka’bani aylanar ekanmiz, odamlar oqimi bizni shunchalik o‘zi bilan tez tortib ketardiki, necha marta aylanganimizni sanashga zo‘rg‘a ulgurardik.

    Men ko‘p davlatlarda bo‘lganman. Lekin bunday muhitni, bunchalik dunyodan uzilish hissini boshqa hech qayerda his qilmaganman.

    Bu hisni tuyish barchaga nasib etsin. U muqaddas zaminga har bir dindoshimizning oyog‘i yetsin. Yana bir bor Ramazon ro‘zasini go‘zal tarzda o‘tkazishni tilayman. Ibodatlaringiz qabul bo‘lsin, azizlar.

    Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

    Mavzuga doir:

    • Saida Mirziyoyeva: “Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish unchalik qo‘limdan kelmas edi”
    • Saida Mirziyoyeva an’anaviy milliy etno-liboslar go‘zalligini namoyish etdi (foto)

    19.04.2021, 13:10   Izoh (0)   50907
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 20-aprel kuni shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    19.04.2021, 12:59

    Aziz Abduhakimov: “Biz hozir Samarqand turizm salohiyatining 5 foizidan foydalanyapmiz xolos”

    19.04.2021, 12:47

    Buxoroda 102 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining ta’mirtalab uyi qator murojaatlarga qaramay, e’tiborsiz qolib kelmoqda

    19.04.2021, 12:22

    Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi savdo obyektlarida karantin talablariga rioya etilishini o‘rgandi (foto)

    19.04.2021, 11:42

    Video: Abdulla Qodiriy xotirasi uchun Chilonzorda chizilgan strit-art

    19.04.2021, 11:10

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 302 kishida koronavirus tasdiqlandi

    19.04.2021, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.