• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports’ni transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kuni Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbarining 2018-yil 27-noyabrdagi farmoniga muvofiq, O‘zbekiston havo yo‘llari Milliy aviakompaniyasi negizida ikkita – Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari tuzilgan edi. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar qatorida mazkur kompaniyalar ham transformatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq iqtisodiy qiyin vaziyat aviatsiya tarmog‘ini takomillashtirishni talab etmoqda.

    Aviakompaniyalarni transformatsiya qilishda asosiy e’tibor iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Masalan, Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati xarajatlarini 46,5 million dollarga qisqartirish hisob-kitob qilingan. Buning uchun kompaniya va uning tarkibidagi tashkilotlarda ish o‘rinlarini optimallashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni tasarrufdan chiqarish, aviachiptalarni xorijda sotish bo‘yicha agentlar komissiyasi foizini tushirish mo‘ljallanmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, daromadlarni yiliga 40 million dollarga ko‘paytirish maqsad qilingan. Buning uchun talab yuqori bo‘lgan shaharlarga charter parvozlarni va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kargo tashuvlarini amalga oshirish, barcha mahalliy reyslarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish va joylarni tanlash imkoniyatini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

    Yangi biznes strategiyasiga ko‘ra, qatnovlar gibrid usulga o‘tkazilib, to‘liq xizmatlar va budjet xizmatlar modeli bo‘yicha amalga oshiriladi. Talab kam bo‘lgan yo‘nalishlarda biznes klass bekor qilinib, o‘rindiqlar soni ko‘paytiriladi.

    Shu yil uchinchi chorakdan boshlab 4 ta A-320 samolyotida loukoster, ya’ni arzon qatnovlar tashkil etish mo‘ljallangan. Uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta A321 NEO LR havo kemasini lizingga olish, mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshirish rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yo‘lovchilar uchun qulayliklarni oshirish maqsadida sohani raqamlashtirish, jumladan, Aerolabs onlayn xizmatlar ko‘rsatish tizimini hamda mijozlar bilan ishlashni boshqarish uchun CRM kompleksini tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar qulayligi va sifatini oshirish orqali aholini aviaqatnovlarga ko‘proq jalb etish zarurligini ta’kidladi.

    Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ham qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ushbu jamiyat tarkibida 11 ta aeroport bor va ularning har biri mustaqil faoliyat yuritmoqda.

    Taqdimotga ko‘ra, mazkur aeroportlarni yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtirish taklif qilinmoqda. Moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida, xalqaro tajriba asosida, xarajatlarni 32 foizdan 15 foizga tushirish, xaridlarni optimallashtirish, aeroport xizmatlari uchun yig‘imlarni 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytirish mo‘ljallanmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Daromadlarni ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Toshkent xalqaro aeroportida yuk terminalini barpo etib, Yevropa va Sharqiy Osiyo o‘rtasida tranzit hajmini oshirish, aerovokzal maydonlarini kengaytirish orqali savdo va xizmatlar tushumini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

    Davlat rahbari aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchi va yuk tashish hajmini har yili oshirib borish, hududlardagi aeroportlarda ketiring va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bundan avval Uzbekistan Airways va yana 14 kompaniya IPO o‘tkaziladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgani, Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirgani hamda senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘rov yuborgani haqida xabar berilgandi.

    19.04.2021, 21:36   Izoh (0)   37767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosida to‘y qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlandi (video)

    19.04.2021, 21:23

    Toshkent viloyatida tanishining suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 5 mln so‘m talab qilgan nigeriyalik ushlandi

    19.04.2021, 21:11

    Foto: Surxondaryoda yashaydigan rus va koreys hoji onalar

    19.04.2021, 20:48

    O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi

    19.04.2021, 19:59

    Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkaziladi

    19.04.2021, 19:11

    Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekani aniqlandi

    19.04.2021, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.