• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda agroklasterlar bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga zarurat bor

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonning barcha tarmoqlari kabi, qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda, hozirgi murakkab va qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor yaqqol ko‘rsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, sohada yangi ish o‘rinlari yaratish, manfaatdorlikni yanada oshirish eng muhim masalaga aylanmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta’minlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligini boshqarishning zamonaviy usuli — klasterlar tizimi bilan bog‘iq. Ta’bir joiz bo‘lsa, ushbu yangi tuzilma o‘tgan juda qisqa vaqt ichida agrar sohani harakatlantiruvchi yetakchi kuch — drayveriga aylandi.

    Mavzuga doir: Klaster — manfaatdorlik, degani. Manfaatdorlik bor joyda o‘sish bo‘ladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida

    Klasterning afzallik tomonlari nimada? U qaysi omillar hisobiga rivojlanyapti? Keyingi yillarda katta e’tibor qaratilayotgan qishloq xo‘jaligining mazkur yo‘nalishi o‘zini qay darajada oqlayapti?

    Klaster — bu xomashyo yetishtirishdan boshlab to qayta ishlangan tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olgan bir butun tizim. Klaster — bu qo‘shilgan qiymat zanjirining barcha ishtirokchilari (fermerlar, qayta ishlovchi korxona, eksportyor)ni bir maqsad sari jamlagan korxonalar guruhidir.

    Uning maqsadi:

    • mahsulot yetishtirishdan boshlab tayyor iste’molga qadar qayta ishlash jarayonlarini qamrab olish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va yakunida olinadigan tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirish;
    • mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobarga oshirish;
    • optimal xarajat qilib, ko‘p daromad olish, mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy holatini yaxshilash;
    • mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish, ularga xizmat ko‘rsatishni va infratuzilma obyektlarini yangilashdan iborat.
    Bu tizim dehqonlar, agrar soha vakillariga yangicha zamonaviy uslubda ishlashni o‘rgatadi. Mahsulot ekishdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni yagona texnologik tizimga birlashtirgan ishlab chiqarishning yangi majmuasi ilm-fan yutuqlarini, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga ham keng yo‘l ochib beradi.

    Jahon tajribasi

    Qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, qishloq xo‘jaligi subyektlarining kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kanadada klaster deganda fermer xo‘jaliklari sheriklik shartnomasi asosida (masalan, Ontario provinsiyasida fermerlarning 30 foizi sheriklik shartnomasi asosida faoliyat yuritadi) yoki bir nechta fermerlardan iborat inkorporatsiyasiga yoxud yirik qishloq xo‘jaligi korporatsiyalarga birlashgan holda faoliyati tushuniladi.

    Shu bilan birga, jahon tajribasida klasterlarning shakllanish maqsadiga ko‘ra oltita modeli mavjud:

    • Italiya modeli — kichik firmalarning katta assotsiatsiyalar bilan raqobatbardoshligini oshirish uchun o‘zaro birlashishi;
    • Yaponiya modeli — ko‘plab yetkazib beruvchilarning integratsiyalashgan yirik yetakchi firma atrofida shakllanadigan ishlab chiqarish zanjiri. Bu model texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqirishga qaratilgan;
    • Finlyandiya modeli — yuqori texnologiyali innovatsiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni ta’lim va tadqiqot bilan integratsiya qilish, korxonalarni milliylashtirish maqsadida biznes va institutlar birlashuvi. Bu model tabiiy resurslari ko‘p bo‘lmagan kichikroq mamlakatlar uchun mos keladi;
    • Shimoliy Amerika modeli — korxonalar o‘rtasidagi aniq raqobat bilan tavsiflanib, ishlab chiqarish jarayonida yaqin aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutmaydi. Bu model klasterdagi yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat tufayli, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarish tufayli bosh kompaniya yakuniy mahsulotning past narxiga yerishish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
    • Hind-Xitoy modeli — bu modelda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Asosiy e’tibor chet el investitsiyalariga qaratilgan bo‘lib, ular zamonaviy texnologiyalarni olib kelinishini va davlatning jahon bozorlariga chiqishini ta’minlaydi;
    • Sobiq Ittifoq modeli — bozor munosabatlari va raqobat minimallashtirilgan holda, ishlab chiqarish yirik firmalarda to‘planadi. Bu model aholi zichligi past va kam rivojlangan mintaqalarning sanoatida qo‘llaniladi.
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, klasterlar faoliyatini innovatsion qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni innovatsiya maktablari, institutlar, markazlar va boshqa shu kabi muassasalar bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlanadi. Bu esa, klasterlar faoliyatining samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda innovatsiyani joriy etish, shuningdek mamlakatning jahon bozoriga chiqishida raqobatbardoshligiga olib keladi. Xususan, Finlyandiyada innovatsiyani klasterlar bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida, bir qancha tadqiqot muassasalari tuzilgan.

    Qonunchilikni takomillashtirish zarurati

    Hozirgi kunda O‘zbekistonda klasterlar bo‘yicha Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan bo‘lib, muayyan klasterlarni tashkil etish va ularga yer ajratishni nazarda tutadi. Amalda faoliyat yuritayotgan klasterlarning tahlili sohada quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatadi:
    • sohani tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
    • klasterlarning huquqiy maqomi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan;
    • klasterlarni tashkil etish, ularni tanlab olish mezonlari, shuningdek, ularga yerlarni ajratishning yagona va shaffof mexanizmlari mavjud emas;
    • O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarni shakllantirish tizimining mavjud emasligi;qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi sohasida axborot-maslahat xizmatlari tizimining keng tarqalmaganligi, sohaning rivojlanishini mustahkamlashga layoqatli hamda malakali mutaxassislarning yetishmasligi;
    • qishloq aholisining kooperatsiyasi to‘g‘risidagi bilim darajasining yetarli emasligi;
    • o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va erkin birlashishga ruhiy (psixologik) jihatdan tayyor emaslik, xo‘jalik yuritishda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining yetishmasligi;
    • kooperatsiya tuzilmalarini tashkil etishga agrobiznesning hissadorlik korxonalari, xususiy tadbirkorlari va vositachilari tomonidan qarshi ta’sir va raqobatning mavjudligi.
    Shundan kelib chiqqan holda, “Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihalari ishlab chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, kooperativlar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik subyektlari uchun munosabatlarni mufassal huquqiy tartibga solishga yordam beradi.

    Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini tashkil topishi umummanfaatlar, muammolar, maqsadlar yoki vazifalar tamoyili bo‘yicha jismoniy yoki yuridik shaxslarning birlashishi alohida dolzarblik kasb etadi.

    Qishloq xo‘jalik kooperativi agrar sektorda tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan, ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan tizimni takomillashtirish uchun dastak hisoblanadi.

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlar va bo‘shliqlarni bartaraf etishga erishiladi.

    Qonun loyihasi yirik kooperatsiyalarni tashkil etish, ular faoiyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi.

    Shuningdek, “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Unda:

    • agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmoqda;
    • agrosanoat klasteri faoliyati uchun yer uchastkalari 30 yildan 50 yilgacha muddatga ijara huquqi asosida zaxira yerlar, bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilishi nazarda tutilmoqda;
    • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini agrosanoat klasterlariga majburiy tartibda biriktirish amaliyoti bekor qilinmoqda;
    • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga respublikaning istalgan hududidagi agrosanoat klasterlari bilan shartnoma tuzish va ularga mahsulot yetkazib berish huquqi berilmoqda;
    • agrosanoat klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilanmoqda;
    • agrosanoat klasterlari faoliyatini monitoring qilish Qishloq xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklangan holda, uning mexanizmlari belgilanmoqda;
    • agrosanoat klasteri maqomini bekor qilish, yerga ijara huquqini bekor qilish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
    Mazkur qarorning qabul qilinishi orqali agrosanoat klasterlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratishga, klasterlarini tashkil etishda vakolatli davlat va mahalliy hokimiyat organlarini hamda klasterlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishiga hamda agrosanoat klasterlarini faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yer ajratish, moliyalashtirish masalalarida ko‘maklashishni ta’minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlashga erishiladi.

    19.04.2021, 23:20   Izoh (0)   30708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada vafot etgan fuqarolarga qariyb 20 mln so‘m pensiya to‘langanligi ma’lum bo‘ldi

    19.04.2021, 22:57

    Samarqandda buzilishi belgilangan noqonuniy uylar taqdiri nima bo‘ladi? Qurilish vaziri javob berdi

    19.04.2021, 22:33

    O‘zbekistonda MIB vakolatlari profilaktika inspektorlariga berilmaydigan bo‘ldi

    19.04.2021, 22:08

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarida koronavirus aniqlangani sabab o‘quv jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazildi

    19.04.2021, 21:59

    Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports’ni transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

    19.04.2021, 21:36

    Toshkent metrosida to‘y qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlandi (video)

    19.04.2021, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.