Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 33 yoshli N.M. boshqaruvidagi Nexia va 30 yoshli A.A. boshqaruvidagi “RS200S” mototsikli to‘qnashdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Voqea 14-aprel kuni, taxminan, soat 08:20 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasidagi “Uzavtotrans” binosi qarshisida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida mototsiklchi olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga yengil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan transportni mensimagani sabab bo‘lgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda Nexia urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etgani, Farg‘onada Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin