Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshga kirgan onaxon koronavirusga qarshi emlandi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Suymaxol Zulimova 1919-yilda tug‘ilgan bo‘lib, tumanning “Oqar” MFY Bahor ko‘chasida yashaydi.

“Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Shifokorlar doim holimdan xabar olib turadi. Nojo‘ya ta’sirini sezmadim. Ilohim, yurtimiz doim tinch, yurtboshimiz omon bo‘lsin. Bu balo-yu ofatlardan tezroq xalos bo‘laylik”, — deydi Suymaxol momo.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 256 958 nafarga yetdi. Ularning 14 mingdan ortig‘i Jizzax viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq qashqadaryolik 91 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)