• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistondagi referendumda saylovchilarning qariyb 80 foizi prezident vakolatlarini kuchaytirish va parlamentni qisqartirishni yoqlab ovoz berdi

    Qirg‘izistonda 11-aprel kuni mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yo‘li bilan kiritilgan tuzatishlar xususan, prezident vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirish, shunga ko‘ra parlament vakolatlarini kamaytirishni nazarda tutadi, deb yozmoqda Meduza.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Tuzatishlarga ko‘ra, prezident hukumatni to‘liq nazorat qiladi, shu jumladan vazirlarni tayinlash va lavozimidan ozod etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, tuzatishlar parlamentdagi deputatlar sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartirishni taklif qiladi.

    Respublika Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda saylovchilarning 35,9 foizi ishtirok etgan, referendum bo‘lib o‘tdi, deb tan olinishi uchun esa 30 foiz plyus 1 ovoz talab etiladi.

    Ovozlarning 89,97 foizi hisoblab chiqilganidan keyin referendumda qatnashganlarning 79,31 foizi tuzatishlarni qo‘llab-quvvatlagani, 13,68 foizi qarshi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. Referendumning yakuniy natijalari 10-15 kun ichida e’lon qilinadi.

    1993-yilda qabul qilingan Qirg‘iziston konstitutsiyasiga hozirgacha sakkiz marta o‘zgartirish kiritildi. So‘nggi marta bosh qonun 2016-yilda o‘zgartirilgan, o‘shanda bosh vazir va parlament vakolatlari kuchaytirilgan edi.

    Qirg‘iziston konstitutsiyasini bu safargi qayta yozib chiqish Sadir Japarovning tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Japarov bir necha marta gapirgan. Biroq asosiy qonunni qayta yozish vakolati 2020-yilning 28-oktabrida tugagan oltinchi chaqiriq deputatlari zimmasiga yuklatilgan. 17-fevraldan Qirg‘iziston parlamenti mamlakat konstitutsiyasining yangi loyihasini muhokama qila boshladi. Yangi konstitutsiya loyihasida aytilishicha, bitta Qirg‘iziston prezidenti mamlakatni ko‘pi bilan ikki marta besh yil muddatga boshqarishi mumkin bo‘ladi. Qirg‘izistonning amaldagi konstitutsiyasiga binoan davlat rahbari olti yil muddatga saylanadi, lekin ikki marta saylanishi mumkin emas.

    Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish va mahalliy hukumat organlariga saylovlar bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tayotgan kunda Sadir Japarov Qirg‘izistonda 2020-yil kuzida yuz bergan isyonlar mamlakat tarixidagi “eng nopok saylovlar” oqibatida kelib chiqqanini aytdi. Japarovning qo‘shimcha qilishicha, yanvar oyida Qirg‘iziston xalqi birinchi marta respublikada boshqaruv shaklini mustaqil ravishda tanlashga muvaffaq bo‘lgan. Saylovchilarning 33,08 foizi qatnashgan referendumda aksariyat (80 foizdan ortiq ishtirokchi) boshqaruvning prezidentlik shaklini yoqlab ovoz bergan. Shundan keyin, dedi prezident, Qirg‘izistonning bosh qonuniga tuzatish kiritish zarurati paydo bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘iziston konstitutsiyasi qayta yozib chiqilmoqda
    • Qirg‘iziston nomini o‘zgartirish taklif etildi

    12.04.2021, 11:09   Izoh (0)   9257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikada karantin, COVID-19 bilan kurash va aholiga uch marta tarqatilgan yordam puli haqida o‘zbekistonlik vatandoshlar hikoyasi

    12.04.2021, 08:18

    Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qildi

    11.04.2021, 22:45

    Italiya bosh vaziri Erdo‘g‘onni diktator deb atagach, Turkiya Italiya vertolyotlaridan voz kechdi

    11.04.2021, 17:58

    Qirg‘iziston prezidenti referendum kuni oktabrdagi noroziliklarni “nopok saylovlar” bilan izohladi

    11.04.2021, 17:15

    Shimoliy Koreyada masofaviy ta’lim uchun javobgar bo‘lgan mansabdor qatl etildi

    11.04.2021, 13:42

    Turkiya prezidenti Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qat’iyan tan olmasligini ma’lum qildi

    11.04.2021, 11:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.