Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 ming 700 litr neft mahsulotining mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishining oldi olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro L.S. boshqaruvidagi “Vito” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, faqat maxsus avtotransport vositalarida tashishga ruxsat etilgan, 135 dona 20 litrlik yelim idishga joylangan umumiy qiymati 10 million 800 ming so‘mlik neft mahsuloti borligi aniqlangan.

Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi

Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi