Daryo

Farg‘onada uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Qo‘shtepa tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan

1 daqiqa o‘qish41 330 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qo‘shtepa tuman IIB

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uyida marixuana giyohvand moddasini saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Foto: Qo‘shtepa tuman IIB

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Qo‘shtepa tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada X.M.ning xonadonida 87 gramm marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar