• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pashinyan Putinga Armanistonda yangi AES qurish g‘oyasini taklif qildi, Putin Armanistonni COVID-vaksina bilan ta’minlashga va’da berdi

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Putinga Armanistonda yangi AES qurish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda “Sputnik Armeniya”ga tayanib, “RBK”xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Umid qilamanki, bugun biz strategik investitsiyalar bilan bog‘liq ba’zi masalalarni muhokama qilamiz. Shu nuqtai nazardan bugun siz bilan Armaniston Respublikasida yangi atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini muhokama qilmoqchiman”, — dedi Pashinyan. U mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni va transport yo‘llarini tiklash imkoniyatini “nihoyatda muhim masala” deb atadi, shundagina Armaniston rivojlanish uchun yangi istiqbollarga ega bo‘lishini ta’kidladi. Hozir mamlakatda mavjud Armaniston atom elektr stansiyasi 1969-yildan 1977-yilgacha Metsamor shahri yaqinida qurilgan. Stansiya VVER-440 reaktorlari bo‘lgan ikkita energiya blokidan iborat.

    Avvalroq muzokaralar to‘g‘risidagi e’londa uchrashuvning asosiy mavzularidan biri mintaqadagi transport kommunikatsiyalari harakatini blokdan chiqarish shartlari bo‘lishi, bu esa 2020-yil 9-noyabrda Tog‘li Qorabog‘da urushni tugatgan uch tomonlama tinchlik shartnomasida nazarda tutilgani aytib o‘tilgan edi.

    “Muzokarada Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining 2020-yil 9-noyabr va 2021-yil 11-yanvardagi Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi bayonotlarini amalga oshirish borasidagi ishlarni, shuningdek, mintaqadagi mavjud muammolarni, xususan, Janubiy Kavkazdagi iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash sharoitini hal qilish bo‘yicha keyingi qadamlarni ko‘rib chiqish rejalashtirilgan”, — degan edi Kreml.

    2020-yil iyul oyida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroning navbatdagi keskinlashuvi paytida Boku Metsamor shahri yaqinidagi AESga yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi berish imkoniyatini e’lon qildi. “Armaniston unutmasligi kerakki, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan so‘nggi raketa tizimlari Metsamor AESga aniq zarba berishga qodir, bu esa Armaniston uchun falokat bo‘ladi”, — degan edi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari polkovnik Vagif Dargyaxl. Yerevanda bu bayonotlar davlat miqyosidagi terrorizmining namoyishi va “Ozarbayjonning genotsid niyatlari” ifodasi sifatida baholandi.

    Shuningdek, 2021-yil 11-yanvarda Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘ni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzolagan edi. Unda mintaqadagi iqtisodiy va transport infratuzilmasi muammolarini hal qilish uchun bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida ishchi guruh tuzilgan. Ishning asosiy yo‘nalishlaridan biri Ozarbayjon va Armaniston orqali o‘tadigan xalqaro transport aloqasini blokdan chiqarish, infratuzilma obyektlarini tiklash va yangilarini qurishdan iborat, deb belgilangan edi.

    Shuningdek, muzokaralar davomida Putin Pashinyanga Armanistonning COVID-19 vaksinasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va’da berdi.

    “Bizning vaksinalarimiz juda katta hajmda ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun men Armanistonga vaksina yetkazish masalasini Rossiya fuqarolari va iste’molchilariga zarar yetkazmasdan, hal qilamiz deb o‘ylayman”, — dedi Putin Pashinyan bilan muzokaralar paytida. Armaniston bosh vaziri Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi 8-aprel, payshanba kuni 15 ming dozada kelishi kerakligini aytdi va umuman olganda, uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning 1 milliondan ortiq dozasiga talab bor.

    “Birinchi partiya — ramziy partiyadir. Biz katta miqdordagi rus vaksinasini sotib olishga umid qilamiz, chunki u o‘zining samaradorligini isbotlagan”, — deya ta’kidladi Pashinyan.

    Putin Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish hajmi mamlakat ichidagi ehtiyoj bilan taqqoslanishini ta’kidladi. Rossiyada emlash kampaniyasi davom etar ekan, aksariyat odamlar vaksina olishni xohlamoqda, deya qo‘shimcha qildi u. “Mamlakatimizda vaksina ishlab chiqarish hajmi va bizning vaksinamizni olishni istaganlar soni bir-biriga muvofiq keladi va hatto ta’minotning biroz ustunligi bor. Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmi o‘sib bormoqda”, — dedi Rossiya rahbari.

    Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on videokonferensaloqa rejimida Turkiyadagi “Akkuyu” atom elektr stansiyasining (AES) uchinchi energiya bloki qurilishiga start bergan edi.

    Mavzuga doir:

    • Putin va Lukashenko Sochida muzokaralar o‘tkazdi. Keyin ular chang‘i va qor mototsikllarida birga sayr qildi (video)
    • Merkel va Makron Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular Navalniyning “sog‘lig‘ini asrash”ni iltimos qildi

    08.04.2021, 19:35   Izoh (0)   9291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    104 yoshli ayol koronavirusni ikkinchi marta yengdi, Qozog‘iston, Yaponiya va Latviyada vaziyat yomonlashmoqda, Britaniyada AstraZeneca vaksinasidan keyin 19 kishi...

    08.04.2021, 16:34

    Rossiya qo‘shinlarining Donbassga tortilishi fonida Ukraina NATOga qo‘shilish masalasini qayta ko‘tardi. AQSh bu g‘oyani hozircha nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatla...

    08.04.2021, 14:56

    Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir pichoqlab ketildi. Gumonlanayotgan shaxs ham O‘zbekiston fuqarosi

    08.04.2021, 14:08

    Yevropa dori-darmon agentligi qon tromblarini AstraZeneca vaksinasining “juda kam uchraydigan” nojo‘ya ta’siri deb tan oldi, ammo vaksinadan foydalanishni davom et...

    08.04.2021, 11:47

    Iordaniya qiroli davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq isyon bostirilganini ma’lum qildi

    08.04.2021, 11:06

    Koloniyada saqlanayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning ahvoli yomonlashayotgani xabar berildi

    08.04.2021, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.