Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan navbatdagi ikki o‘yin 7-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Bavariya” o‘z maydonida PSJni qabul qildi. O‘tgan yilgi finalchilar o‘rtasida kechgan bahsda parijliklarning qo‘li baland keldi. 3-daqiqada Kilian Mbappe Neymarning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 28-daqiqaga kelib esa Markinyos oradagi farqni oshirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas Erik Shupo-Moting hisobni qisqartirishga erishdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Tomas Myuller o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, muvozanatni tikladi. Ammo 68-daqiqada Mbappe dublni rasmiylashtirgan holda o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Foto: Twitter / “Daryo”

“Chelsi” mehmonda “Portu” bilan kuch sinashdi va Meyson Maunt hamda Ben Chiluellning gollari evaziga ishonchli g‘alabaga erishdi.

Har ikkala juftlikning javob bahslari 13-aprel sanasiga belgilangan.

YChL

1/4 final, dastlabki bahslari

7-aprel, chorshanba

“Bavariya” Germaniya – PSJ Fransiya 2:3

Gollar: 0:1 – 3 Mbappe, 0:2 – 28 Markinyos, 1:2 – 37 Shupo-Moting, 2:2 – 60 Myuller, 2:3 – 68 Mbappe.

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Lyuka Ernandes, Alaba, Zyule (Boateng, 42), Sane, Goretska (Devis, 33), Koman, Myuller, Shupo-Moting, Kimmix.

PSJ: Navas, Diallo (Bakker, 46), Markinyos (Errera, 30), Dagba, Kimpembe, Guye, di Mariya (Kin, 71), Danilu Pereyra, Draksler, Mbappe, Neymar (Rafinya, 90).

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (35), Draksler (62), Kimmix (70), Boateng (72), Shupo-Moting (89).

“Portu” Portugaliya – “Chelsi” Angliya 0:2

Gollar: 0:1 – 32 Maunt, 0:2 – 85 Chiluell.

“Portu”: Marchesin, Manafa (Fransishku Konseysau, 83), Sanusi, Pepe, Mbemba, Korona, Otavio (Fabiu Viyeyra, 83), Marega (Toni Martines, 83), Uribe, Dias, Gruyich.

“Chelsi”: Mendi, Jeyms (Tiago Silva, 80), Aspilikueta, Kristensen, Chiluell, Maunt (Kante, 80), Kovachich (Emerson, 90), Haverts (Jiru, 65), Jorjinyo, Ryudiger, Verner (Pulishich, 65).

Ogohlantirishlar: Mbemba (63), Gruyich (79).