Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga turnaqator navbatlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Xususan, “Aviasozlar” dehqon bozorida o‘simlik yog‘iga uzun navbat yuzaga kelgan. Qayd etilishicha, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasiga yaqinlashib bo‘lmaydi. Sababi u yerda kungaboqar yog‘ining litri 14 500 so‘mdan sotilmoqda. Boshqa joylarda esa bunday yog‘ning o‘rtacha bahosi 20 000 so‘m atrofida.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simlik yog‘ining o‘rtacha narxi 17 foiz ko‘tarilgan. Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi esa bu holatni katta hajmda oziq-ovqat xomashyolarini yetishtiradigan davlatlar eksport hajmini kamaytirgani bilan bog‘lab keladi.

Qo‘mita tomonidan 31-mart kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, Toshkentdagi dehqon bozorlarida kungaboqar yog‘i 22 000 so‘mgacha narxda sotilgani qayd etilgan.

Yog‘-moy sanoat korxonalari uyushmasi raisi o‘rinbosari Qamariddin Serkayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan yillik talabi 475 ming tonnani tashkil etgani holda, yog‘-moy korxonalari tomonidan 259 ming tonna ishlab chiqarilmoqda. Ya’ni talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 55 foizga ta’minlanmoqda, ichki bozor ehtiyojining 45 foizi esa import hisobiga qoplanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi