• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Barcha bemorlarni poytaxtga jo‘natish kerak emas” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston Prezidenti raisligida 1-aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan vazifalarni nazorat qilishi uchun qator rahbarlarni viloyatlarga biriktirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Rahbarlar 1-mayga qadar Sirdaryo viloyati hamda 26 ta tuman va shahar tajribasini respublikaning barcha hududlarida boshlash kerak. Bunda, qishloq va mahallalarda tibbiyot brigadalarini tashkil etib, tibbiy xaritalarni shakllantirish, aholini 4 ta xavf guruhlariga ajratib, manzilli ko‘rikdan o‘tkazish va davolash ishlarini tashkil qilishi zarur.

    Prezidentning ma’lum qilishicha, Jismoniy tarbiya va sport vazirligini boshqarish vazifasi yuklangan bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kompleksi birinchi va ikkinchi xavf guruhiga kiradigan aholining (sog‘lom va nosog‘lom turmush tarzini olib borayotgan) faoliyatiga javob beradi.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov sport instruktorlarini taqsimlab, aholi o‘rtasida ommaviy gimnastikani tashkil etishi kerak.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev uchinchi va to‘rtinchi guruh bilan ishlaydi (bemorlar va parvarishga muhtoj shaxslar yoki nogironligi bo‘lgan fuqarolar).

    “Tibbiyot sohasini isloh qilish oson emas. Bu paxta ekish va uni terishga o‘xshamaydi”, — deydi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev respublika ixtisoslashgan markazlarining vertikal tuzilishini takomillashtirish va ularni qishloq vrachlik punktlariga biriktirish zarurligini ta’kidlagan.

    “Bu masalada Namangan tajribasini keng qo‘llash zarur, barcha bemorlarni poytaxtga yuborish emas, balki ularning yashash joylarida ixtisoslashgan tibbiy yordam olishiga sharoit yaratish kerak… Oldinlari Toshkentdagi markazga 5 ming kishi navbatda turadi deyishgandi, ularning barchasi viloyatdan kelganlar. Bu bizda tizim yo‘qligidan dalolat”, — deydi davlat rahbari.

    Misol sifatida keltirilgan Namangan viloyatida tibbiyot xodimlari 763 ta mahallada 37 ming kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ularning 22 ming nafari uchun ambulator davolash tashkillashtirilgan, 4,5 ming nafariga viloyatlar, tuman va shahar tibbiyot muassasalarida statsionar davolanish belgilangan.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari Toshkentga davolanish uchun kelgan bemorlarni qaytarishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda.

    “Chunki har bir viloyatda sharoit yaratyapmiz. Toshkentdagi mutaxassislar joylardagi tibbiyot xodimlariga o‘rgatmoqda. Bemorlarga qiyinchilik tug‘dirishni to‘xtatish vaqti keldi”, — deydi u.

    Bemorlarning o‘z viloyatlarida davolanishi uchun sog‘liqni saqlash vaziri ularning Toshkentga davolanishga, shu jumladan, shoshilinch va murakkab operatsiyalarga yuborilishi mumkin bo‘lgan holatlarni belgilashi kerak.

    Toshkent shahridagi shifoxonalarda o‘tkazilgan inventarizatsiya paytida tez tibbiy yordam uchun joylarning 30-40 foizi noo‘rin ishlatilgani aniqlangan. Natijada oilaviy shifokorlar tomonidan rejali bepul davolanish uchun berilgan orderlar 6 baravarga oshib ketgan. Bu kabi orderlar soni 50 minggacha yetgan (2020-yili poytaxtda 8 mingta order berilgan edi).

    2020-yilda ixtisoslashgan markazlarda davolanishga muhtoj bo‘lgan 84 ming bemorning 51 mingi (61 foizi) bepul order olgan.

    Moliya vazirligiga orderlar uchun ajratmalarni 2021-yilda 1,5 baravar oshirish va qo‘shimcha 80 milliard so‘m ajratish (250 milliard so‘mgacha yetkazish) bo‘yicha topshiriq berilgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2021-yil oxiriga qadar hokimliklar bilan hamkorlikda har bir bemorni aniq joyi va davolanish muddatini ko‘rsatgan holda davolashni tashkillashtirish vazifasi qo‘yildi. Ixtisoslashgan tibbiyot markazlari qisqa muddatli kurslarda 3 mingdan ortiq oilaviy shifokorlarni o‘qitadi.

    Mavzuga doir:

    • “Har bir viloyatda dori-darmonlarning narxi oshib ketmasligi uchun o‘zining 3-6 oylik zaxirasi bo‘lishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev
    • “10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar bizda yetishmaydi”. Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasini ikki barobar oshirishga topshiriq berdi

    02.04.2021, 11:12   Izoh (0)   25307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 189 kishida koronavirus aniqlandi

    02.04.2021, 10:44

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olib yurish talabini bekor qilish taklif etilmoqda

    02.04.2021, 10:27

    Prognozlarga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarini qisqartirmadi

    02.04.2021, 10:11

    Farg‘onada qaynukasi mashinasini olib ketgani uchun ayoli bilan janjallashgan mast erkak o‘zini poyezd ostiga tashlashga urindi

    02.04.2021, 09:42

    Vobkent va Boyovut tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

    02.04.2021, 09:26

    O‘zbekistonda organlar transplantatsiyasi uchun qonunchilik bazasi yaratiladi

    02.04.2021, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.