• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning Sirdaryo modelini barcha hududlarda joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Sirdaryoda sinovdan o‘tgan sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov haqida hisobot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentning 12-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov o‘tkazildi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va Guliston shahar hokimi mazkur yangi tizim natijalari haqida hisobot berdi.

    Aytib o‘tilganidek, Sirdaryo viloyatining 236 ta mahallasini to‘liq qamrab olish uchun 421 ta tibbiyot brigadasi tashkil etilgan. Aholining salomatlik holati xatlovdan o‘tkazilib, ular 4 ta xavf guruhiga ajratilgan va viloyatning “elektron tibbiy xaritasi” yaratilgan.

    Misol uchun, Boyovut tumanida 31 ming aholi o‘zini sog‘lom deb bilsa-da, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlar tufayli ularda yurak-qon tomir, diabet, o‘pka kasalliklariga chalinish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Shuningdek, ilgari shifokorga murojaat qilmagan 257 nafar fuqaroda kasalliklar og‘ir bosqichda ekani ma’lum bo‘lgan.

    Davlat rahbari bu tajribani tizimli davom ettirib, barcha hududlarda joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning uchun qishloq va mahallalarda tibbiyot brigadalari tashkil etilib, aholini manzilli ko‘rikdan o‘tkazish va davolash ishlari olib boriladi, hududlarning “tibbiy xaritalari” shakllantiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining vertikal ish tizimini takomillashtirib, ularni oilaviy shifokor punktlari bilan bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Ya’ni bemorlarni ovora qilib poytaxtga yubormasdan, ularga yashash joyida malakali tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish kerak.

    2020-yili ixtisoslashtirilgan markazlarda davolanishga muhtoj 84 ming nafar bemordan atigi 51 ming nafari bepul order bilan ta’minlangan.

    Prezident orderlar uchun mablag‘ni deyarli 1,5 baravarga ko‘paytirib, qo‘shimcha 80 milliard so‘m ajratish bo‘yicha Moliya vazirligiga ko‘rsatma berdi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga, yil yakuniga qadar har bir bemorni sog‘lomlashtirish manzili va muddatlarini belgilab, davolashni tashkil etish bo‘yicha vazifa qo‘yildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududlardagi 3 mingdan ziyod oilaviy shifokorni qisqa muddatli kurslarda o‘qitadigan bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yana bir masala — bugungi kunda donor bemorning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, transplantatsiyaga ruxsat berilmagan. Oqibatda ko‘pchilik fuqarolar bunday amaliyotni chet elda o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Shu bois inson a’zolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

    Tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida mamlakatda xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun barcha huquqiy asoslar, imkoniyatlar yaratilgan. Lekin hududlarda kasalliklarning turiga qarab, xususiy shifo maskanlarini tashkil etish ishlari yetarli darajada emasligi qayd etildi.

    Misol uchun, aholi orasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan gemodializ, tibbiy diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo‘yicha xususiy klinikalar yetishmaydi.

    Mutasaddilarga davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko‘paytirish, 170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarini kompyuter tomograflari bilan ta’minlash, ulardan foydalanish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Sohadagi korrupsiya illatiga ham to‘xtalib o‘tildi. 2020-yili tizimda 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aytildi. Shuning uchun, ta’sirchan nazorat tizimini o‘rnatib, ajratilayotgan mablag‘lar joyiga yetib borishi, dori-darmon va tibbiyot uskunalarining ochiq-oshkora sotib olinishi, pullik xizmatlardan tushumlar maqsadli ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Mavzuga doir:

    • “Har bir viloyatda dori-darmonlarning narxi oshib ketmasligi uchun o‘zining 3-6 oylik zaxirasi bo‘lishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev
    • “Aprel–iyun oylarida xavf guruhiga mansub 4 milliondan ortiq aholini koronavirusga qarshi emlash zarur”, — Shavkat Mirziyoyev
    • “10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar bizda yetishmaydi”. Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasini ikki barobar oshirishga topshiriq berdi
    • “Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz”. Shavkat Mirziyoyev mamlakat qattiq karantinga qaytmasligini ma’lum qildi

    01.04.2021, 22:57   Izoh (0)   17348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz”. Shavkat Mirziyoyev mamlakat qattiq karantinga qaytmasligini ma’lum qildi

    01.04.2021, 22:45

    Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov koronavirusga qarshi emlandi (video)

    01.04.2021, 22:21

    Bo‘stonliqda sotuvga qo‘yilgan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” oromgohi qanday ko‘rinishga ega?

    01.04.2021, 22:08

    “10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar bizda yetishmaydi”. Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasini ikki barobar oshirish...

    01.04.2021, 21:54

    Ulug‘bek shaharchasida fizikaga ixtisoslashgan ilk tayanch maktab ochildi

    01.04.2021, 21:26

    “O‘zbekistonlik boshpanasiz migrantlarga 300 dollardan to‘lab beriladi” — mehnat vaziri o‘rinbosari

    01.04.2021, 21:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.