Instagram’dagi Monster_fish_taxidermy akkaunti muallifi internetdagi ko‘plab foydalanuvchilarning qo‘rquviga sabab bo‘lgan suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ma’lum qilinishicha, akkaunt egasi bolaligidan maxluqlar, mumiyolar va baliqlarga bo‘lgan “muhabbati” bilan ko‘pchilikni hayron qoldirib kelgan. 20 yoshga to‘lganida u yuqoridagilarning uchalasini birlashtirib, mumiyolangan maxluq-baliqni yaratishga qaror qilgan. Biroq jarayon bitta baliq bilan to‘xtab qolmagan, butun boshli kolleksiyaga yuzaga kelgan.
25 yildan ortiq vaqt davomida sevimli mashg‘ulot kasbga aylanib ketgan. Akkaunt egasi taksidermist bo‘lib ishlaydi, ya’ni tulumlar yasaydi va butun dunyo bo‘ylab muzeylar hamda xususiy kolleksionerlar uchun mumiyolangan eksponatlar yaratadi.
Izoh (0)