• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” reportaji: Toshkent shahrida aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari boshlandi

    Bugun, 1-aprel kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada ham aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari boshlandi. Bu yerga birinchi emlash bosqichi uchun COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasidan 420 doza, O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan 1000 doza ajratilgan. “Daryo” muxbiri Madina Nurman ushbu tibbiyot maskanidan reportaj tayyorladi.

    Poliklinikaga kirishdan avval tashrif buyuruvchilar filtrdan o‘tadi.

    Poliklinikaga kirishdan avval tashrif buyuruvchilar filtrdan o‘tadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Poliklinikaga kirishda tashrif buyuruvchilar 1 nafar tibbiyot xodimidan iborat filtrdan o‘tadi. Bu yerda keluvchining ism-sharifi, yashash manzili va boshqa zaruriy ma’lumotlar olinib, tana harorati tekshiriladi va antiseptik bilan qo‘llariga ishlov beriladi. Shundan so‘ng poliklinikada tashkil etilgan emlash punktiga yo‘naltiriladi.

    Emlash punkti ro‘yxatga olish, shifokor ko‘rigi xonasi va emlash xonasi, shuningdek, koridordagi o‘rindiqlardan iborat 30 daqiqalik nazorat hududidan iborat. Emlash xonasida vaksinalarni saqlash uchun ajratilgan maxsus sovitkich, dezinfeksiyaga mo‘ljallangan kvarts lampasi, antiseptiklar, emlash uchun kerakli tibbiy anjomlar mavjud. Emlanuvchilar AstraZeneca hamda ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalaridan birini tanlashlari mumkin.

    Vaktsinalarni saqlash uchun ajratilgan sovitkich.

    Vaktsinalarni saqlash uchun ajratilgan sovitkich.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Birinchi bosqichda 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vaktsinalarni saqlash harorati nazorati.

    Vaktsinalarni saqlash harorati nazorati.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kvarts lampa.

    Kvarts lampa.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Emlovchi tibbiyot xodimi.

    Emlovchi tibbiyot xodimi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vaksina olish natijasida shok kuzatilganda zarur bo‘ladigan dori-darmon vositalari.

    Vaksina olish natijasida shok kuzatilganda zarur bo‘ladigan dori-darmon vositalari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vaksina olgandan so‘ng, anafilaktik shok kuzatilgan taqdirda zarur bo‘ladigan dori-darmon, birinchi tez yordam vositalari hozirlab qo‘yilgan.

    Shok kuzatilganda beriladigan yordam tartibi.

    Shok kuzatilganda beriladigan yordam tartibi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nargiza Mirbabayeva, 5-son oilaviy poliklinika bosh shifokori
    Bizda 2488 nafar 65 yoshdan yuqori shaxslar, 1170 nafar 18-64 yosh oralig‘idagilar, shuningdek, umumiy hisobda 538 nafar tibbiyot xodimlari, 250 nafar maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 159 nafar xodimlari emlanishi ko‘zda tutilmoqda.

    Vaksina kasallanishdan yuz foiz himoya qiladi, deb aytish qiyin. Biroq u kasallikning yengil o‘tishi, asoratlari qolishining oldini olishni ta’minlaydi. Barchani birdek emlashga qamrab olish mushkulligi sabab buni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz.

    Biz emlanuvchilarni turli vaqtga chaqirgan holda ijtimoiy masofa saqlanishiga erishmoqchimiz. Shu sabab bugun 50 nafar odam emlansa, qo‘ng‘iroq qilib ularga vaqt belgilangan. Mahallabay ishlagan holda hamma kerakli ma’lumotlarni mahallalarga berganmiz, har bir hudud shifokorlari xabardor etilgan, ular o‘ziga biriktirilgan hududdagi emlanuvchilarni aytilgan vaqtga chaqiradi, e’lonlar peshtoqiga barcha ma’lumot yozilgan.

    Mustaqil yura olmaydigan, uyidan chiqa olmaydigan qariyalarimiz, joylardagi shifoxona xodimlari uchun umumiy hisobda 15 nafar tibbiyot xodimlaridan iborat 2 ta mobil brigada ajratilgan. Masalan, bizning hududda 6-tug‘uruqxona joylashgan. Ertaga ularning tibbiyot xodimlarini emlash uchun bitta maxsus brigada boradi.

    Nargiza Mirbabayeva, 5-son oilaviy poliklinika bosh shifokori

    Emlanishga kelganlarni ro‘yxatga oluvchi tibbiyot xodimi.

    Emlanishga kelganlarni ro‘yxatga oluvchi tibbiyot xodimi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Emlanuvchilar dastlab shifokor ko‘rigidan o‘tadi.

    Emlanuvchilar dastlab shifokor ko‘rigidan o‘tadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Ertalab 09:00 dan boshlab emlanish istagida kelganlar birma-bir o‘zlarining ambulator kartalari bilan menga uchraydi. Men ularning qon bosimi, umumiy ahvoli, shikoyatlari, kasalliklari tarixi, allergik yoki nasliy kasalliklari bor, yo‘qligini ko‘rikdan to‘liq o‘tkazib, shundan so‘ng emlashga tavsiya etilishi yoki etilmasligi borasida qaror qabul qilaman. Hamshira shundan keyin uni ro‘yxatga oladi va emlash xonasiga olib kiriladi. Emlangandan so‘ng tashrif buyuruvchi yarim soat nazoratimizda o‘tiradi. Agar biror salbiy belgilar kuzatilmasa, bu yerni tark etadi. Keluvchilarda agar surunkali kasalliklari xuruj davri, allergik reaksiyalar bo‘lsa, bu holda emlanishga tavsiya etilmaydi va qaytariladi. Xuruj davri o‘tgach, ko‘rsatkichlari me’yorida bo‘lsa, doimiy shifokori tavsiyasidan so‘ng emlashga ruxsat etilishi mumkin. Xitoy-o‘zbek vaksinasi uch, AstraZeneca vaksinasi esa 21−28 kun oralig‘ida ikki marta qilinadi. Odamlar ikki xil vaksinani ham  tanlashmoqda, ya’ni bu borada ko‘rsatkichlar hozircha 50/50.Nasimjon Xo‘jamov, 5-son oilaviy poliklinika terapevt shifokori.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Said Siddiqov, 75 yoshda, o‘qituvchi.

    Said Siddiqov, 75 yoshda, o‘qituvchi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Men va 65 yoshli rafiqam AstraZeneca vaksinasi bilan emlandik, ko‘rsatgan xizmatlari uchun barcha tibbiyot xodimlariga rahmat. Aynan ushbu vaksinani tanlaganimning sababi oxirgi 3 oy mobaynida uni olgan bemorlarning aksariyatida nojo‘ya ta’sirlar sezilmagani haqida xabarlarni o‘qigandim. AstraZeneca vaksinasi haqidagi turli mish-mish va salbiy fikrlarga munosabatim bitta: men bir umr qoidalarga amal qilib yashagan odamman. Tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga albatta quloq solish kerak. Oldi-qochdi gaplarga ishonmayman. O‘ylab ko‘ring, nahotki hukumatimiz, davlatimiz noto‘g‘ri vaksina olib kelib, xalqimizni azobga qo‘yadi, deb o‘ylasak. Emlashdan so‘ng o‘zimni yaxshi his qilyapman, kayfiyatim yaxshi.Siddiqov Said, 75 yoshli pensiyadagi o‘qituvchi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Emlanganlarga zarur holatda suv va choy beriladi.

    Emlanganlarga zarur holatda suv va choy beriladi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Emlanishga kelganlarning kasallik tarixi ko‘zdan kechirilib, xulosa yoziladi.

    Emlanishga kelganlarning kasallik tarixi ko‘zdan kechirilib, xulosa yoziladi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.

    O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    6 yildan beri nafaqadaman, kabel zavodida ishlaganman. Poliklinikadan qo‘ng‘iroq qilishdi, mana kelib ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini oldim. Vaksina olishimning sababi mabodo virusga chalinib qolsam, yengil o‘tishi haqidagi gaplarni eshitganimdir. Oilada 7 kishimiz. Mening yoshim birinchi bosqichda emlanishga mos kelgani uchun keldim mana. Albatta, ko‘pchilik “olmang, bormang”, deyishdi, lekin men baribir olishga qaror qildim.Zavqimurod Abdullayev, 67 yosh, nafaqaxo‘r. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu bemor yondosh va surunkali kasalliklari sababli emlanishdan qaytarildi. Shifokor bemorning kasallik tarixi daftarchasini ko‘zdan kechirib, umumiy ahvoli bilan tanishgach, doimiy nazoratda olgan shifokor bilan maslahatlashishni ma’qul ko‘rdi.

    Ushbu bemor yondosh va surunkali kasalliklari sababli emlanishdan qaytarildi. Shifokor bemorning kasallik tarixi daftarchasini ko‘zdan kechirib, umumiy ahvoli bilan tanishgach, doimiy nazoratda olgan shifokor bilan maslahatlashishni ma’qul ko‘rdi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Emlanganlar 30 daqiqa davomida shifokorlar nazoratida o‘tiradi.

    Emlanganlar 30 daqiqa davomida shifokorlar nazoratida o‘tiradi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Ayolimning taklifi bilan kelib emlandim. Nafaqagacha qurilishda ishlaganman. AstraZeneca vaksinasini oldim. Farzandlarimizning yoniga, Kanadaga ketishimiz kerak, yaqin orada agar vaziyat yaxshi bo‘lsa. Televizorda aynan shu vaksina haqida ko‘p ijobiy fikrlarni eshitganim sababli emlanishni ma’qul ko‘rdim. Hozirgacha biror jiddiy kasallikka chalinmaganman.Yavdat Safin, 69 yoshdagi nafaqaxo‘r.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Behbudova Manzura, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi immunolog-epidemiolog shifokori.
    Tumandagi davolash profilaktika muassasalari, poliklinikalardagi davolash profilaktika ishlari bo‘yicha koordinatorman. Emlash tadbirlarini tashkil etish, o‘tkazishni nazorat qilamiz, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatamiz, vaksina saqlanishi xavfsizligini ta’minlaymiz. Ikki oy davomida barcha oilaviy poliklinikalar bilan birgalikda emlash tadbirlariga tayyorgarlik olib bordik. Bugundan emlashga start berildi. Tumanimizda 8 ta oilaviy poliklinikada 2 tadan 16 ta emlash punkti hamda 32 ta mobil brigada tashkil qilingan. Ularning tarkibida 32 nafar shifokor, 32 nafar emlovchi tibbiyot xodimi, 32 nafar emlovchi dublyor, 64 nafar ro‘yxatga oluvchilar bor. Bundan tashqari, har bir poliklinikada “Emlash.uz” elektron tizimiga mas’ul shaxslar biriktirilgan. Emlanganlarning barchasi unga kiritiladi. Har bir poliklinikaning o‘z koordinatori bor.

    Behbudova Manzura, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi immunolog-epidemiolog shifokori.

    Mutaxassis 31-mart kuni vaksinalar sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda vaksinalar tegishli tibbiyot muassasalariga yetkazib berilganini bildirdi. Tekshirib chiqilgan barcha oilaviy poliklinikalarda vaksinalar belgilangan haroratda saqlanayotgani, emlanuvchilar uchun sharoitlar yaratilgani, emlanganlar orasida hozirgi vaqtgacha emlashdan keyingi noxush holatlar uchramagani ta’kidlandi.

    COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi.

    COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Eslatib o‘tamiz, bundan avval Farg‘ona va Samarqandda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari boshlangani haqida xabar berilgan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qayerda vaksinatsiya jarayonlari o‘tkazilishi haqida ma’lumotni e’lon qilgan. 

    O‘zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi.

    Aholini ushbu vaksinalar bilan emlash bir paytning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaksinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan 3 marotaba emlash ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni, vaksinatsiya ikki xil vaksinada ikki xil amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda xususiy klinikalarga COVID-19’ga qarshi pulli emlash o‘tkazishga ruxsat beriladi.

    Nurmat Otabekovning o‘zi istalgan vaksina bilan jon deb emlanishini ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash qaysi hududlardan boshlanishi ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda uch oy ichida 4 mln kishi koronavirusga qarshi emlanadi
    • O‘zbekiston COVID-19’ga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqishni boshladi
    • O‘zbekistonda aholining ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanishni istamayotgani ma’lum bo‘ldi

    01.04.2021, 17:35   Izoh (0)   21052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana pastladi

    01.04.2021, 17:11

    Qamchiq dovonidagi yo‘llarda qorlar erib, transport vositalari harakati davom etayotgani ma’lum qilindi

    01.04.2021, 16:58

    Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston Tog‘li Qorabog‘ hududini tiklashda ko‘mak berishga tayyor”

    01.04.2021, 16:34

    O‘zbekistonda uch oy ichida 4 mln kishi koronavirusga qarshi emlanadi

    01.04.2021, 16:10

    Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Spark piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

    01.04.2021, 15:33

    Otabek Nazirov to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori etib tayinlandi

    01.04.2021, 15:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Kinopoisk O‘zbekistonda “Sport” bo‘limini ochdi va telekanallar translyatsiyasini boshladi


    Silk Avia Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Havas tarmog‘i iste’molchilari huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi kompaniya nomiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekiston Milliy banki Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.