Niderlandiyalik mashhur rassom Vinsent Van Gogning “Monmartrdagi ko‘cha sahnasi” nomli kartinasi auksionda 13,09 million yevroga sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Facebook / Sotheby’s

1887-yilda chizilgan polotnoda Fransiya poytaxti — Parijdagi ko‘chalardan biri tasvirlangan. Bu vaqtda rassom ukasi bilan ushbu shaharda istiqomat qilgan.

Vinsent Van Gog polotnoda Monmartrdagi tegirmonni tasvirlangan. U vaqtlarda aholi punkti Fransiya yaqinidagi kichkina qishloq bo‘lgan.

Foto: Facebook / Sotheby’s

Ekspertlarning ta’kidlashicha, mazkur kartina asar muallifi ijodining o‘tish davriga to‘g‘ri keladi. Oldinlari uning uslubida yashil rangning to‘q jilolari kuzatilgan. Keyinroq esa u yorqin va rang-barang kartinalarni chiza boshlagan.

O‘tgan asrning boshlarida ushbu kartinani xususiy kolleksionerlardan biri sotib olgan. Shu bilan birga, u taniqli san’atshunos bo‘lgan, biroq omma kataloglarda uning faqatgina oq-qora rasmini ko‘ra olgan.

Avvalroq Dubayda dunyodagi eng katta kartina 62 million dollarga sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.