• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni kimyo sanoati tarmog‘ida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mamlakatda uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyat bor. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

    Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha 2021-yilda ishga tushiriladi. Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtiriladi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollardan ziyod bo‘lgan 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

    Umumlashtirib aytganda, 2021-yilgi va istiqboldagi barcha loyihalar natijasida 3 millard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetadi. Yangi korxonalarda 3 ming 500 ga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.

    Yana bir muhim jihati, ushbu korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng tabiiy gazni chuqur qayta ishlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oshadi. Ya’ni qo‘shilgan qiymat 14 barobar ko‘payadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida “Navoiyazot” va “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etish rejalashtirilgan.

    Xususan, “Navoiyazot”da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, “Farg‘onaazot”da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshiriladi.

    Davlat rahbari ishlab chiqarish va ilm-fan o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish masalasiga doim alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda Toshkentning Ulug‘bek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, 60 gektar maydonda ma’muriy va o‘quv binolari, laboratoriyalar, O‘zbekiston—Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, bog‘ va quyosh elektr stansiyasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 8 ming nafar talaba tahsil olishi ham mumkin bo‘ladi.

    Shuningdek, mazkur ilmiy klaster Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Chirchiq shahridagi ishlab chiqarish laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi.

    “Kimyo sanoatiga juda katta mablag‘ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qo‘shilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yo‘nalish bo‘yicha miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qo‘ysak, eksport 5—6 barobar oshadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlari talab etayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi-yangi loyihalar shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taqdimotda kimyo korxonalaridagi davlat ulushini qisqartirish, ularni transformatsiya qilish, sohaga korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish borasidagi ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.

    “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tuzilmasini o‘zgartirish, malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan vazifalar qo‘yildi.

    Tadbirda ichimlik suvi tarmoqlari va avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari ham ko‘rib chiqildi. Bu yil 7 ming 184 kilometr quvurlar, rezervuar va nasos stansiyalari qurilib, 1 ming 106 ta mahallaga toza ichimlik suvi yetkaziladi. Natijada 4 milliondan ziyod aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Shuningdek, 2021-yilda 16 ming 800 kilometr yo‘llar ta’mirlanishi aytib o‘tildi.

    Davlat rahbari xalqaro tajribani qo‘llab, qurilishni arzonlashtirish, ekspluatatsiya sifatini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lar manzilli va samarali ishlatilishini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlashi, Xalqaro teatr kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘llagani hamda Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

    29.03.2021, 23:46   Izoh (0)   29375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilinadi

    29.03.2021, 23:22

    Navoiyda yog‘gan 15 daqiqalik kuchli yomg‘ir aholi ekin maydonlari va tomorqalariga zarar yetkazdi

    29.03.2021, 22:45

    Bekobodlik ayolning eski Telegram akkauntidagi shaxsiy rasmlarini internetda tarqatib yubormaslik uchun undan 5 mln so‘m so‘ragan 15 yoshli qiz ushlandi

    29.03.2021, 22:33

    Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari pora bilan qo‘lga tushdi

    29.03.2021, 22:21

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida ishtirok etib, nutq so‘zlaydi

    29.03.2021, 22:08

    O‘zbekistonda 11 kunda 150 ming nafardan ortiq bola poliomiyelitga qarshi emlandi

    29.03.2021, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.