Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

ESPN nashri MMA tarixidagi eng yaxshi og‘ir vazn egalarini aniqladi.

Foto: ESPN

Foto: ESPN

Nashr top-4 ligidan UFC sobiq chempionlari Stipe Miochich, Keyn Velaskes va Daniel Kormye, shuningdek, rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Yemelyanenko o‘rin oldi.

44 yoshli Yemelyanenko MMA’dagi faoliyati mobaynida 39 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Faoliyatini davom ettirayotgan 38 yoshli Miochich 20 marta g‘alaba qozonib, 4 bor yutqazgan. Stipe so‘nggi jangini 28-mart kuni Frensis Ngannuga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raunddayoq nokautga uchradi.

38 yoshli Velaskes 14 g‘alaba va uch mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini 2019-yilda o‘tkazib, Ngannuga mag‘lub bo‘lgandi.

42 yoshli Kormye faoliyati mobaynida 22 marta g‘alaba qozonib, 3 marta yutqazgan. U so‘nggi jangini 2020-yilning avgustida o‘tkazib, unda Miochichga yutqazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi