Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan 30 nafar ehtiyojmand bolaning xatna to‘yi o‘tkazib berildi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tumanidagi “Rohat” tantanalar majmuasida o‘tkazilgan Navro‘z bayramida “ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning 30 nafar farzandining xatna to‘yi o‘tkazib berilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tuman hokimligi, jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan to‘yda bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari hamda do‘stlari ishtirok etgan. Shuningdek, to‘yda ehtiyojmand oilalarning 200 nafardan ortiq farzandlari mehmon bo‘lgan. To‘yda bolalarga sarpolar kiydirilib, homiy tashkilotlarning velosiped, televizor kabi qimmatbaho sovg‘alari topshirilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Bugun o‘g‘lim Orifjonning sunnat to‘yi bo‘ldi. O‘g‘lim o‘tgan yili maktabga chiqqandi. Qo‘lim kaltaligi uchun sinfdoshlarini chaqirib, to‘y qilib bera olmayotgan edim. Bugun shu niyatim amalga oshdi. Ehtiyojmand oilalarga, ayniqsa, farzandlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka yetdi. Buning uchun davlatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdormiz”, — dedi O‘zbekiston tumanining “Qum” mahallasida yashovchi Zulxumor Dehqonova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda izg‘irin sovuq hafta oxirigacha saqlanib qoladi
Madaniyat
“Shogirdlar Bobomurod Hamdamovning haqqini berishmayapti” — Xalq artisti qo‘shig‘ini ruxsatsiz ijro etgan xonandalar bilan sudlashmoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi