• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda koronavirus tufayli Navro‘z nishonlanmaydi. Tojikistonda esa hamma sayilga chiqadi

    Markaziy Osiyo mintaqasida koronavirus infeksiyasining qaytadan avj olishi tufayli karantin choralari yana kuchaytirila boshlandi. Pandemiya vaziyatini inobatga olgan holda mintaqada bahorning eng yirik tantanasi — Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari cheklovlar ostida tashkil qilinadi, ayrim hududlarda esa butunlay bekor qilinadi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 16-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati so‘nggi oylarga nisbatan keskin ortib, 115 kishida infeksiya qayd etilgan, shunadan 92 nafari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan.

    Mamlakatda Navro‘z sharafiga bag‘ishlangan tadbirlar faqat ochiq joylarda, ya’ni bog‘lar, xiyobonlar va o‘yingohlarda o‘tkazish, yig‘inlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etish, niqob taqish hamda ijtimoiy masofani saqlash sharti bilan o‘tkaziladi.

    Shuningdek, infeksiyaning ikkinchi to‘lqinining oldini olish maqsadida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aholi o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish holatlarini barvaqt aniqlash bo‘yicha PZR laboratoriyalarning to‘liq quvvatlarda faoliyatini tashkil etish, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi xavfosti guruhiga mansub aholi qatlamini ixtiyoriy emlash tadbirlarini tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

    Qirg‘izistonda esa Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda muntazam ravishda COVID-19 yuqtirish va kasallik oqibatida o‘nlab o‘lim holatlari qayd etilayotganini ma’lum qildi.

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahar meriyasi koronavirus bilan kasallanish soni ko‘paygani sababli har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan Navro‘z bayramini bekor qilish haqida qaror qabul qildi.

    “COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Bishkek shahar meriyasi qoshidagi shahar epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi Bishkek shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni bekor qilish haqida qaror qabul qildi”, — deb xabar berdi hokimlik.

    Qozog‘istonning Nur-Sulton va Olmaota megapolislari 10-martdan boshlab “qizil hudud”ga kiritildi. Shu munosabat bilan Nur-Sultonda 21-mart, yakshanba kuni lokdaun joriy qilinadi. Shu kuni savdo markazlari, yopiq nooziq-ovqat bozorlari, yopiq sport obyektlari ishlamaydi. Mamlakatda Navro‘z bayramini keng nishonlash va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Bayramni do‘stlar davrasida yoki xayriya tadbirlari shaklida tashkil etish tavsiya etiladi.

    “Dunyodagi va Qozog‘istondagi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik muammolarni hisobga olgan holda, bu yil  Navro‘z bayramini imkon qadar onlayn rejimda nishonlashni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Tadbirlar an’anaviy tarzda o‘tkazilgan taqdirda, cheklov choralariga qat’i rioya qilish talab etiladi”, — dedi Qozog‘iston Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi.

    Hamma sayilga!

    Tojikistonda cheklovlarni kuchaytirish haqida hech gap yo‘q, aksincha ular olib tashlanmoqda. Bu safar Navro‘z bayrami 2020-yilgi keng ko‘lamli teatrlashtirilgan tomoshalarsiz o‘tkaziladi. Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon bu bilan bayramni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz nishonlashga ishora qildi. Biroq mamlakatda ommaviy sayillar rad etilmayapti.

    Dushanbedagi bosh maydonda Navro‘z ramzi bo‘lgan 30 metrlik dekoratsiya

    Dushanbedagi bosh maydonda Navro‘z ramzi bo‘lgan 30 metrlik dekoratsiya
    Foto: Asia-Plus

    Navro‘z arafasida poytaxt bilan birga boshqa shaharlarda ham bosh maydonlarni bezatish, odamlar uchun dam olish va hordiq chiqarish maskanlarini tashkil qilish ishlari boshlangan. Maydonlarda o‘rnatilgan bayramona bezaklar va ramziy milliy ekspozitsiyalar allaqachon ko‘plab aholi va mehmonlarni jalb qilmoqda.

    Qayd etish joizki, Yangi yil arafasida Tojikiston hukumati aynan ommaviy yig‘inlar va infeksiya tarqalishi ehtimolidan xavfsirab, mamlakatning shahar va viloyat maydonlarida archalarni bezatishni taqiqlagan edi.

    Dushanbe, Boxtar va Xo‘jandda minglab odamlarni to‘playdigan an’anaviy buzqashi, gushtingiri kurashi, ot poygalari, konsert va yarmarkalar bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Respublika shtabi koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha qoidalar va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilishni tavsiya qildi.

    Tarix takrorlanadimi?

    Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam, ayni shu paytda Tojikiston Navro‘zni “quchoq ochib” kutib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. O‘sha paytda dunyoda va O‘rta Osiyo mintaqasida koronavirus pandemiyasi avj olayotgani va kasallikdan o‘lim holatlari ko‘plab qayd etilayotganiga qaramay, respublika bayramni nishonlashdan voz kechmadi.

    Eng katta Navro‘z tantanasi Xo‘jandda tashkil etildi. 2020-yilning 22-mart kuni ”Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi” stadionida bir necha oylar davomida bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rgan 12 mingga yaqin maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirokida teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

    O‘shanda koronavirusdan “xoli” Tojikiston JSST tavsiyalarini e’tiborsiz qoldirdi, vaholanki, tashkilot rasmiylarga ommaviy tadbirlardan tiyilishni maslahat bergan va tadbirlar xalq salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Ammo butun mamlakat bo‘ylab ochiq osmon ostida ommaviy sayillar bo‘lib o‘tdi.

    Kasalxonalar asta-sekin “koronavirus deb topilmagan” bemorlar bilan to‘ldirila boshlaganiga qaramay, rasmiylar Xitoy virusi mamlakatga kirmaganligini ta’kidlashda davom etdi.

    MDH davlatlari orasida Tojikiston (Turkmanistondan tashqari) mamlakatda koronavirus borligini tan olgan so‘nggi davlat bo‘ldi. Virusga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlar 2020-yilning 30-aprel kuni rasman e’lon qilindi. O‘sha kuni 15 kishida infeksiya aniqlandi: 10 nafari So‘g‘dda, 5 nafari Dushanbeda.

    Optimistik statistika

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Tojikistonda 13 308 ta infeksiya yuqtirish va 90 ta o‘lim holati qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar 10-yanvardan beri o‘zgarmagan.

    Tojikiston koronavirusni mag‘lub etgani to‘g‘risida davlat rahbari o‘zining yanvar oyidagi bayonotida ma’lum qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri esa bunga karantindan voz kechish tufayli erishilganini ta’kidlagan.

    Bugungi kunga kelib, Tojikistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq deyarli barcha cheklovlar bekor qilingan, faqat to‘ylarda mehmonlar soni cheklangan. Ko‘chalarda niqob taqqan kishilar deyarli uchramaydi.

    19.03.2021, 23:27   Izoh (0)   39584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya AQShga “xushomad qilgani” tufayli Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzdi

    19.03.2021, 17:58

    OAV: Bolgariyada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

    19.03.2021, 15:46

    Bayden Putin bilan ochiq muloqot haqidagi savolni e’tiborsiz qoldirdi. Oq uy AQSh prezidenti bandligini ma’lum qildi

    19.03.2021, 14:57

    Gruziyada AstraZeneca bilan emlangan hamshira komaga tushib qoldi, Fransiya, Bolgariya va Kiyevda lokdaun e’lon qilindi, Meksikada qalbaki “Sputnik V” aniqlandi. K...

    19.03.2021, 13:34

    Yevropa mamlakatlari AstraZeneca bilan emlashni qayta boshladi

    19.03.2021, 12:10

    Yevropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaksinasini xavfsiz deb topdi. Turli mamlakatlar olimlarining bu boradagi fikrlari farqlanmoqda

    19.03.2021, 09:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.