So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda Navro‘z bayrami tadbirlari karantin qoidalariga amal qilgan holda mahallalarda tashkil etiladi

    17.03.2021, 00:07 31180

    O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda mamlakatda Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarini tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yig‘ilishda so‘nggi kunlarda aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari biroz ortganligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bois mutasaddi vazirlik va idoralarga:

    • bayram tadbirlarini ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, ya’ni bog‘lar, xiyobonlar va o‘yingohlarda o‘tkazish;
    • bayram tadbirlarida aholini ko‘p to‘plamaslik va tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishlari hamda ijtimoiy masofani saqlashlari ustidan nazoratni o‘rnatish;
    • aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etish choralarni ko‘rish kabi ko‘rsatmalar berildi.
    Shu bilan birga, bayram tadbirlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralari ko‘rish maqsadida huquq tartibot organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

    Joylarda o‘tadigan bayram tadbirlarini yuqori badiiy saviyada o‘tkazish, buning uchun estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etish kabi vazifalar belgilandi.

    Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aholi o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish holatlarini barvaqt aniqlash bo‘yicha PZR laboratoriyalarning to‘liq quvvatlarda faoliyatini tashkil etish, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi xavfosti guruhiga mansub aholi qatlamini ixtiyoriy emlash tadbirlarini tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berildi.

    Ayrim xorijiy va qo‘shni mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilib turgan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda shu kabi holatlarning qaytarilmasligi uchun keng targ‘ibot ishlarini olib borish tavsiya etildi.

    Bundan avval Toshkentda 1-apreldan ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatish taklif qilingani, Toshkentdagi bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirilgani hamda Adliya vazirligi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlik uchun jarima borligini eslatib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Alifbo masalasiga qatʼiy nuqta qo‘yishimiz zarur” — Saida Mirziyoyeva

    Bugun, 16:46

    Zoir Mirzayev Toshkent viloyatida hujjatli film tasvirga olinishi uchun 191 mln so‘m ajratdi

    Bugun, 16:40

    Ota-onasi aktrisa bo‘lishini istamagan, birovning oilasini buzganlikda ayblangan va diplomli psixolog — Muqaddas Sa’dullayeva 33 yoshda (foto, video)

    Bugun, 16:30

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi

    Bugun, 16:09

    O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan harorat asta-sekin ko‘tariladi

    Bugun, 15:47

    O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa chempionlar ligasida sovrindorga aylandi

    Bugun, 15:42

    Mudhish yo‘l-transport hodisasiga uchragan Gollivud yulduzlari

    Bugun, 15:35

    “Rosatom” O‘zbekistonda quriladigan AES uchun suvni tejash texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

    Bugun, 15:25

    Yolg‘on va’daga ishonib, 1,5 ming dollargacha to‘lov qilishgan — Shveysariya elchixonasi aholini firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

    Bugun, 15:08

    Sinox bilan soch to‘kilishi va kallikning oldini olamiz

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.