Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari shahar va tuman hududlarida 1XBET bukmekerlik idorasining tashqi reklamalari soni ortib borayotganini aniqladi.

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksi 278-moddasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga doir qat’iy talablar belgilangan hamda “Reklama to‘g‘risidagi” qonunning 6-moddasida ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish taqiqlangan.

“Achinarlisi, qimor o‘yinlari reklamalari insonlar ongiga tez ta’sir etib, aholi o‘rtasida bunday tavakkalchilikka qaratilgan o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishlar kun sayin ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, o‘sib kelayotgan yoshlar o‘rtasida bunday pul tikish o‘yinlari avj olib, ularni yutqazilishi oqibatida ko‘ngilsiz holatlar kelib chiqayotgani sir emas”, — deyiladi xabarda.

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Ushbu taqiqlangan reklamalarni joylarda bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB hamda viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga mazkur holatga jiddiy e’tibor berib, amaliy yordam berishi uchun xat yuborilgan, mazkur soha bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ogohlantirish va tushuntirishlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 2021-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi