Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

TikTok’da himoya kostyumisiz asalarilarni qo‘llari bilan ushlab, ularni yangi uyaga ko‘chirgan amerikalik qiz mashhurlikka erishdi, deb yozadi Unilad.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Videoda Texas Beeworks kompaniyasi asoschisi Erika Tompson unga o‘zining omborida asalari uyasiga duch kelgan oila murojaat qilganini so‘zlagan. Asalarichi arilarning bir qismini va ona asalarini o‘zi bilan birga olib kelgan uyaga ko‘chirgan, qolganlari uning ortidan ergashgan. Qiz bularning barchasini oddiy kiyimda, biror-bir himoya vositalarisiz amalga oshirgan.

Newsweek ma’lumotlariga ko‘ra, video 61 million martadan ortiq tomosha qilingan bo‘lib, 11,7 millionta layk yig‘gan va 213 mingdan ortiq izoh to‘plagan. “Videomga bunchalik munosabat bo‘lishidan hayratga tushdim. Bu men uchun oddiy ish kuni”, — deydi Tompson.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi