Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moliya vazirligi “Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda pensiyalarni tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda mazkur ma’lumotlarni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini elektron shaklga o‘tkazishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Shu sababli qaror loyihasida 2022-yil 1-apreldan boshlab pensiyalarni hisoblash fuqarolarning “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda – YaMMT IDAK)ga kiritilgan mehnat staji, oliy o‘quv yurtlaridagi kunduzgi ta’lim va harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlari asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.

Hujjat bilan fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, jumladan pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan murojaat qilish kifoya bo‘ladigan tizimni joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab:

  • Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash har uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida o‘tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi;
  • pensiya va nafaqalar yetkazilganligi uchun xizmat haqini to‘lash uchun fuqarolarning har oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shimcha 1 foiz ustama joriy qilinadi hamda to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda olish yoki arzonroq xizmatdan foydalanish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘ pensiya va nafaqa oluvchining ixtiyorida qoldiriladi;
  • pensiya va nafaqa oluvchilarga O‘zbekiston hududida shaxsini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari qayd etilgan, elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan bank kartasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud maxsus pensiya kartasi joriy etiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda mittilik (pakana) kasalligiga chalingan shaxslar imtiyozli ravishda 15 yil avval pensiyaga chiqishi mumkinligi, pensiya tayinlashda 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi