Internetda reklama sohasida ishlaydigan Yaxav Drayzin ismli erkak filmlardagi skrinshotlar va suratlarni real obyektlarga “yopishtirish” orqali mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yaxav bu orqali o‘zini muntazam ilhomlantirib keladi. U o‘zining smartfonidan foydalangan holda suratlarni real obyektlar bilan uyg‘ulashtiradi. Shu orqali suratlar ancha kulgili ko‘rinish kasb etadi.
“Suratga olish — bolalikdan buyon xobbim. Suratlar bilan ishlash mendan ijodiy yondashuvni va turli nuqtayi nazarlarni tadqiq etishni, shuningdek, boshqalar har doim ham ko‘ra olmaydigan holatni taqdim etishni talab qiladi”, — deydi suratkash.
Drayzinning ta’kidlashicha, u omadli kadrni suratga olish uchun doim o‘zi bilan ikkita telefon olib yuradi. Surat borasidagi g‘oyalar dabdurustdan kelib qoladi. “Odatda meni ilhomlantirgan personajlardan foydalanaman va deyarli har qanday yangi vaziyatda qo‘shimcha surat uchun obrazni eslay olaman”, — deydi u.
Izoh (0)