Yaxshi uxlash uchun yagona qoida mavjud emas. Biroq mutaxassislar tungi dam olishga nima xalaqit berishi mumkinligini allaqachon aniqlashgan. Bu biz uncha ahamiyat bermaydigan odatlardir. Ulardan qanday qutulish kerakligi haqida to‘xtalamiz.
Qahva ichish

Kunduzi ichilgan bir finjon qahva yoki choy tungi uyquga ta’sir qilmaydi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Chunki kofein ta’siri 6-8 soatni tashkil qiladi. Ko‘pchilik kechasi kunduzi ichilgan qahva ta’siri ostida uxlaydi, ammo uyqu sifati yaxshi bo‘lmaydi.
Mutaxassislar qahva tarkibidagi kofein ta’siri kamida yarmiga kamayishi uchun tushdan keyin qahva ichmaslikni maslahat beradi.Mavzuga doir: Qahva o‘rnini bosadi: Ertalabdan energiya bilan ta’minlaydigan 10 mahsulot
Uxlashdan oldin jismoniy mashq qilish
Mavzuga doir: To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Telefon bilan uxlash
Mobil qurilmangizni yotog‘ingiz yoniga qo‘yish odati nafaqat uyquga, balki hayot sifatiga ham zarar yetkazadi. Yangiliklarni varaqlash va soatlab sahifalarni tekshirish vasvasani kuchaytiradi. Natijada ertasi kuni quvvat kamayib, kayfiyat tushib ketadi.
Mutaxassislar telefonni uzoqroqqa qo‘yishni, iloji bo‘lsa, yotoqxonada qoldirmaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘rniga kitob o‘qishingiz, hikoya yoki musiqa tinglashingiz mumkin.Mavzuga doir: Smartfonlardan tarqaladigan nur teriga zarar yetkazishi haqiqatmi yoki yolg‘on?
Kunduzi mizg‘ib olmaslik
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, stress vaqtida organizm qo‘shimcha kortizol ishlab chiqaradi. Shu sababli ham kun davomida biroz mizg‘ib olish organizm uchun ham, ish faoliyati uchun ham yaxshi samara beradi.
Agar tungi uyqu muntazam ravishda behalovat bo‘lsa, kun davomida 10 daqiqa sayr qiling yoki meditatsiya yordamida dam oling.Mavzuga doir: Tushlikdan keyingi qisqa uyquning foydasi
Kech uxlash va uyg‘onish
Mavzuga doir: Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?
Yetarli miqdorda suv ichmaslik
Tanada suyuqlik yetishmasligi ham uxlashni qiyinlashtiradi. Spirtli ichimlik ichilganda esa organizm suvsizlanib, kishi tunda hojatga borish istagi va kuchli chanqoqdan uyg‘onishi mumkin.
Mutaxassislar kun davomida yetarlicha suyuqlik ichishni va yotishdan kamida uch soat oldin spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat beradi.Mavzuga doir: Organizmning suvsizlanishiga olib keladigan 8 mahsulot
Uyqu oldidan boshqa ishlar bilan shug‘ullanish
Ko‘pchilik uxlash oldidan yotoqxonada ba’zi ishlar bilan shug‘ullanadi — ishlaydi, televizor ko‘radi va hatto kechki ovqat ham yeydi. Bu esa tana va ongning uyquga tayyorlanishiga xalaqit beradi. Yotoqxonaga faqat uxlash uchun kirish lozim.
Buning uchun yotoqxona pardalari yorug‘likni to‘sadigan matodan bo‘lishi lozim. Shu tarzda xonaga tushadigan tabiiy yorug‘likni va bu xonada o‘tkazadigan vaqtingizni cheklashingiz mumkin. Quyosh nurlari uyquni buzadi, qorong‘ilik esa melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shuning uchun xona qanchalik qorong‘i bo‘lsa, shunchalik tez uyquga ketish va miya dam olishi uchun sharoit yaratiladi.Mavzuga doir: Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya








