Rossiyaning “Match TV” telekanali sharhlovchisi Yuriy Rozanov 3-mart kuni 59 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi Mixail Mossakovskiy ma’lum qildi.
“Yuriy Rozanov vafot etdi. 15 daqiqadan keyin efir. Qanday ishlayman, bilmadim”, — deya yozadi Mossakovskiy Twitter sahifasida.
Shuningdek, bu ma’lumotni Vasiliy Utkin ham tasdiqladi.
Rozanov onkologik kasallik tufayli ma’lum muddat ish faoliyatida tanaffus olgan. Biroq keyinchalik faoliyatini tiklab, shu bilan birga davolanishda ham davom etayotgandi.
Yuriy Rozanov sharhlovchilik faoliyatini 1996-yilda “NTV-plyus” telekanalida boshlagan. U futbol va xokkey o‘yinlarini sharhlab borardi. Rozanov 2015-yildan buyon “Match TV”da ishlab kelayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!