Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Nigora folloverlarining savollariga javob berar ekan, qovog‘ini plastik operatsiya orqali go‘zallashtirganini tan oldi.

Foto: Instagram

2-mart xonandalar Umida Mirhamidova va Umidaxonlar tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. O‘zbek shou-biznesi vakillari o‘z sahifalarida ularga atalgan dil so‘zlarini yozib qoldirmoqda.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Lola ham folloverlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Uning hech qanday dinga e’tiqod qilmasligini taxmin qilgan muxlisining ushbu fikri asossiz bo‘lib chiqdi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva muxlislarini orzu qilishga chorlamoqda.

Foto: Instagram

Shohruhxon o‘g‘li bilan sayrga chiqdi.

Foto: Instagram

Jahongir Otajonov kuzatuvchilarining “Prezidentlikka nomzodingizni qo‘yishingizni aytganingizdan so‘ng sizga bosimlar bo‘ldimi? Shuning uchun Turkiyaga qochib ketdingizmi?” qabilidagi savollariga videomurojaat orqali javob berdi.

Xususan, u o‘ziga nisbatan hech qanday bosim bo‘lmagani, farzandlarining hujjati bilan bog‘liq masalalar cho‘zilib ketgani uchun Istanbulda qolayotganini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Million” kulgi jamoasining konsertdan so‘ng banketi hamda jamoa a’zosi Mirkomil Musayevning tug‘ilgan kunini nishonlash jarayoni aks etgan video tarqalmoqda.

Munisa Rizayeva yangi “Ayrilding” qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda.