Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova “Fayod” guruhi xonandasi bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Rayhon G‘aniyeva va uning “chaqalog‘i”.

Foto: Instagram

Rejissor Rustam Sa’diyev “Boy va novvoy” deb nomlangan serial suratga olishni boshladi. Unda bosh rollarni Javohir Zokirov, Durdona Qurbonova hamda Ma’ruf Muhammedov ijro etmoqda.

Gulchehra Eshonqulova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Shahzoda Matchonova bahorni kutmoqda.

Foto: Instagram

“Sevgi” va “Shukrona” seriallari orqali tanilgan aktrisa Odina To‘xtasinova 26-fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisaning hamkasblari uni ajoyib tarzda tabrikladi.

Turkiyalik xonanda Tarkan rafiqasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola Toshkent xalqaro aeroportida o‘rindiqlarga oyog‘ini chiqarib o‘tirgani aks etgan suratini joyladi hamda samolyotda u bilan birga uchgan mehribon va tushunuvchan odamlarga minnatdorchilik bildirdi. Ushbu surat xonandaning folloverlari tanqidlariga sabab bo‘ldi. Uning muxlislari “Siz oyoq qo‘ygan joyga odamlar o‘tiradi”, “Moskvada shunday niqobsiz va oyoqlaringizni o‘rindiqqa qo‘yib o‘tirarmidingiz?”, qabilidagi izohlarni yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova avval e’lon qilinmagan bolalik suratlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Sitora Alimjonova yangi klip uchun kelinlik libosini kiydi.

Foto: Instagram

Zarina Nizomiddinova folloverlarini yangi surat bilan xushnud etdi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” kulgi jamoasi vakillari Abdurahmon va Sa’dullaning do‘konda sotuvchi bilan janjallashgani aks etgan video tarqalmoqda. Voqea rostdan yuz berganmi yoki bu qaysidir ko‘rsatuv syomkasimi, hozircha noma’lum.