Xitoyning “Tyanszin Taygers” (sobiq “Tyanszin Teda”) klubi bankrotlik yoqasida turibdi. Bu haqda Xitoy matbuotiga tayanib Titan Sports Plus xabar qilmoqda.

Foto: Instagram

Klubga 1998-yildan buyon egalik qilib kelgan Teda kompaniyasi futbolga ortiq pul ajratmoqchi emas. Shuningdek, mahalliy hukumat ham klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirmayapti.

Katta ehtimol bilan klub tarqatib yuboriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to‘p suradi.

“Tyanszin Taygers” 2020-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Xitoy Superligasida jon saqlab qolgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!