• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada ko‘p qavatli uylar orasidagi qurilishlar nega to‘xtatilganiga izoh berildi

    Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatilib, poydevor uchun qazilgan kotlovanlar ko‘milishi haqida xabar berilgan edi. 20-fevral kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan brifingda ko‘p qavatli uylar orasida rejalashtirilayotgan uylarning qurilishini to‘xtatish va unga qonuniy baho berishga bir qator omillar sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    O‘zAning yozishicha, brifingda viloyat hokimi o‘rinbosari Dilshod Hojiahmedov, Farg‘ona shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev va shahar prokurori Dilmurod Qobulov bu boradagi ishlar haqida axborot berdi.

    Farg‘ona shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevning so‘zlariga ko‘ra, shaharsozlik qoidalariga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar orasida bolalar uchun maydonchalar va o‘smirlarni sport bilan shug‘ullanishlariga maydonlar, aholini dam olishi va sayr qilishi uchun ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar tashkil etilgan bo‘lib, yangi qurilishlar natijasida aynan mana shu inshootlar buzib yuborilgan.

    Yangi qurilishlar ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu sababli ayni kunlarda qurilishlar to‘xtalib, buzib yuborilgan bolalar maydonchalari qayta tiklanmoqda, sog‘lomlashtirish yo‘laklari barpo etilyapti, hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilyapti. Shuningdek, avtoturargohlar, sayr qilish uchun xiyobonlar tashkil qilinmoqda.

    “Albatta, mazkur ishlarni amalga oshirishda tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik choralari ko‘rilgan. Qarorlar qabul qilingan, lekin qurilishi boshlanmagan hamda endigina qurilishga kirishgan tadbirkorlarga boshqa hududlardan yer maydonlari taklif etilmoqda”, — degan Mirzohid Ubaydullayev.

    Xabarda aytilishicha, Farg‘ona shahrining bosh rejasi va urbanizatsiya dasturiga ko‘ra, Nurafshon ko‘chasidagi Mustaqillik shaharchasi va Aeroport ko‘chasida bunyod etilayotgan mavzeda yangi turar joylar barpo etilmoqda. Shuningdek, Farg‘ona tumanidan shaharga qo‘shilayotgan 300 gektar yer maydoniga Turkiya va Janubiy Koreyaning loyiha institutlari bilan hamkorlikda yo‘ldosh shaharchaning bosh rejasi ishlab chiqilyapti. Tadbirkorlar bu yerda qurilish ishlarini olib borishi mumkin.

    Shahar prokuraturasi tomonidan hozirga qadar 20 dan ortiq mahallalarda qurilish ishlari o‘rganib chiqilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi “Do‘stlik” hamda “Gulzor” mahallalaridagi aholi yashash sharoitlarini o‘rganish jarayonida hududda ko‘p qavatli turar joylar orasida yashil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani, bolalar va sport maydonchalari buzilgani va o‘rniga yangi binolar qurilishi boshlanganiga guvoh bo‘lgandi.

    Viloyat hokimi birgalikda o‘rganish olib borayotgan shahar hokimi va prokuroriga 13-fevraldan boshlab Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar joylar o‘rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to‘xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog‘liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq bergandi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Farg‘ona shahar Shodiyona mahallasiga kutilmaganda borib, bu yerda aholi bilan uchrashuvi va mavjud holatning o‘rganganligi hududlarda ko‘plab muammolar borligini ko‘rsatgan. Brifingda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda viloyat hokimi boshchiligida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini “mahallabay” o‘rganilyapti, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

    Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Quva, Yozyovon va O‘zbekiston tumanlari hokimlari, shuningdek, Farg‘ona shahri “to‘rtligi” vazifasidan ozod qilingandi.

    21.02.2021, 19:06   Izoh (0)   20935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘ydim-chuqur ko‘chadan yurgan Prezident korteji, 22 yoshli MFY raisi, inglizcha gaplashadigan hokim – Namanganga tashrifdan reportaj (foto)

    21.02.2021, 15:56

    Jizzaxda 1 mln so‘m evaziga COVID-19’ga chalinganlik haqida soxta tashxis qo‘yib bergan shifokorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.02.2021, 14:37

    2021-yilda Xitoy va Hindiston rahbariyatining O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

    21.02.2021, 14:16

    Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

    21.02.2021, 13:15

    “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida Jizzaxdan 11 nafar bola Toshkentga olib kelindi — Saida Mirziyoyeva

    21.02.2021, 11:37

    “O‘zbekneftgaz”: Izlov-qidiruv konlaridagi burg‘ilash ishlari holati o‘rganildi

    21.02.2021, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.